Xiaomi’ning navbatdagi flagmani TENAA’da qo‘lga tushdi: bu shunchaki 5G-smartfon emas!

  •   DiMaX
  •  1395
  •  07.09.2019 15:15

Xiaomi’ning navbatdagi flagmani TENAA’da qo‘lga tushdi: bu shunchaki 5G-smartfon emas!

«Xitoycha Apple» o‘zining joriy flagmani bazasida dunyodagi eng arzon 5G-smartfonni tayyorlayotgani haqida yozgandik. Xiaomi Mi 9S nomi ostida chiqishi kutilayotgan bo‘lsa-da, ayrim manbalar uning Xiaomi Mi 9 5G deb nomlanishi ham mumkinligini aytmoqda.

O‘QING: Mi Mix 4, Mi 9S va MIUI 11 taqdimot sanasini Xiaomi ma’lum qildi!

Xitoyning kommunikatsion agentligi – TENAA ushbu devaysning asosiy xususiyatlarini oshkor etdi. Undagi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi Mi 9S nafaqat beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ida ishlashi, balki boshqa kuchli jihatlari bilan ham maqtana oladi.

Avvalo, uning X50 5G modemli Snapdragon 855+ protsessoriga tayanishi ma’lum. Bundan tashqari, Mi 9S modelida tezkor xotira 12 gigabaytlik, doimiysi esa 512 gigabaytlik bo‘lyapti. Qolaversa, «oddiy» Xiaomi Mi 9 (sotib olish) flagmanida akkumulyator 3300 mA/soatlik bo‘lsa, uning 5G-variantida mazkur ko‘rsatkich 4000 mA/soatga yetkazilgan.

O‘QING: Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Shu oyda namoyish etiladigan ushbu 5G-smartfon korpusining o‘lchamlari 157,21x74,64x8,95 millimetrga teng; «oddiy» Xiaomi Mi 9 gabariti esa 157,5x74,7x7,6 millimetrni tashkil etadi.

Kutilayotgan flagman boshqa jihatlariga ko‘ra Xiaomi Mi 9 modelidan farq qilmaydi: u ham 6,39 dyuymlik ekran va uch modulli kameraga ega. Lekin kompaniya unga boshqa yangi texnologiyalarni ham joriy etishi mumkin. Allaqachon global bozorga chiqqan Xiaomi telefonlarini esa atigi 670 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Yangi flagmanlar taqdimoti oldidan ayrim Xiaomi smartfonlari ancha arzonlashdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.