Yana bitta ommabop Redmi smartfoni tom ma’noda portlab ketdi!

  •   DiMaX
  •  2230
  •  17.03.2020 11:11

Yana bitta ommabop Redmi smartfoni tom ma’noda portlab ketdi!

Smartfonlarning tutab, yonib, portlab ketishiga odatda batareyaga bog‘liq bo‘ladi. Biz bu kabi noxush holatlarning sabab va oqibatlari, himoyalanish usullari haqida maxsus maqola e’lon qilganmiz.

O‘QING: O‘z-o‘zidan yonib ketgan ommabop Redmi smartfonini Xiaomi tuzatib yo almashtirib bermadi!

O‘tgan yili biz Hindistonda bir foydalanuvchining Redmi Note 7S smartfoni yonib ketgani haqida, keyinroq esa bir xitoylikning Redmi Note 7 Pro telefoni ham yonganligi xususida yozgandik. Kuni kecha esa «Fillar o‘lkasi»da yana ayni shu modeldagi qurilma aynan portlab ketgan.

Gurgaon shahrida yuz bergan ushbu hodisada jabrlanuvchining aytishicha, uning cho‘ntagidagi Redmi Note 7 Pro smartfoni o‘z-o‘zidan qizib ketgan. Bundan cho‘chigan egasi uni chiqarib qarasa – qurilma tutab yotgan ekan. U darhol smartfonni yerga otib, ustiga o‘z ryukzagini ham tashlagan. Shundan so‘ng portlash sodir bo‘lgan; uning natijasini esa yuqoridagi va quyidagi rasmda ham ko‘rish mumkin:

Yuqoridagi birinchi suratdan ham ko‘rinib turibdi – portlash sababli Redmi Note 7 Pro parcha-parcha bo‘lib ketgan. Lekin uning egasi Xiaomi servis markaziga murojat etganida, kompaniya vakillari smartfon foydalanuvchining aybi bilan portlaganini aytishgan va uni almashtirib berishdan bosh tortishgan. Ta’kidlash kerakki, telefonni u hali uch oygina avval xarid qilgan ekan.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!