Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 9 Pie asosida MIUI 10 tayyorlanyapti, uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin!

  •   DiMaX
  •  2604
  •  14.01.2019 17:33

Yana to‘rtta Xiaomi smartfoniga Android 9 Pie asosida MIUI 10 tayyorlanyapti, uni allaqachon sinab ko‘rish mumkin!

Xiaomi o‘zining bir qator rusumlardagi mobil qurilmalari uchun MIUI 10 grafik qobig‘iga asoslangan proshivkalarni ketma-ket taqdim etib kelayotir. Biroq, modeliga bog‘liq holda, ularda proshivkaning asosi – Android operatsion tizimining talqini turlichadir.

O‘QING: 38 modeldagi Xiaomi smartfoni barqaror MIUI 10 proshivkasigacha yangilanmoqda (to‘liq ro‘yxat)

Endi esa ushbu kompaniya to‘rtta rusumdagi smartfonlari uchun Android tizimining eng so‘nggi – Pie talqini bazasida ishlab chiqilgan MIUI 10 grafik qobiqqa asoslangan proshivka tayyorlamoqda. Bular – Redmi Note 5, Redmi 6 Pro, Mi 6X hamda Redmi S2 modellaridir.

Ushbu devayslar uchun Android Pie asosidagi MIUI 10 proshivkasi 2019 yilning birinchi choragidayoq taqdim etiladi. Aytish kerakki, bu – hali xitoycha talqindagi proshivka, uning global versiyasi sal keyinroq tarqatilishi mumkin.

MIUI forumida e’lon qilinishicha, xitoycha proshivkali Redmi Note 5, Redmi 6 Pro, Mi 6X va Redmi S2 smartfonlari egalari MIUI 10 beta-testerlari safiga qo‘shilishlari mumkin. Buning uchun mana bu havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi (afsuski, hozircha faqat xitoy tilida).

O‘QING: RASMAN: Xiaomi hech qachon MIUI 10’gacha yangilanmaydigan 20 ta modeldagi smartfonlarini e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!