Yangi iPhone’da bo‘lmaydigan beshta foydali narsa

  •   Saroy
  •  1024
  •  13.09.2018 10:04

Yangi iPhone’da bo‘lmaydigan beshta foydali narsa

Yangi  iPhone namoyish qilindi. Yangilik  atrofida gap-so‘zlar allaqachon avjiga chiqqan. Yangi qurilmaning imkoniyatlari, boshqa smartfonlardan ustunliklari, yuqori texnologik yondashuvlar, innovatsion yechimlar haqida batafsil yozilmoqda. Endi esa, iPhone 9 (Xc? Xr?! Xs?!) da qanday foydali narsalar bo‘lmasligi haqida ikki og‘iz so‘z:

Xotira karta: avval ham bo‘lmagan, keyin ham  bo‘lmaydi

Kupertinaliklar muxlislarning  iPhone’da xotira kartasi uchun slot joriy qilish haqidagi talabini har doim rad etib kelgan. microSD uyasi “olmali” smartfonlarning birorta ham avlodida bo‘lmagan va kelgusida ham bo‘lmasa kerak.

Xo‘sh nima uchun Tim Kuk va Ko atay  foydalanish xotirasini cheklamoqda?

Albatta, bunga biznes sabab. Nega endi daromadni allaqanday flesh-karta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan (jumladan, Kingston va SanDisk bilan) bo‘lishish kerak ekan? Turli xotira sig‘imidagi modellarni turlicha narxda sotgan foydali emasmi. Masalan,  64 GB sig‘imidagi iPhone X bir narx bo‘lsa, 256 GB’lisi boshqacha, yanayam qimmatroq  narxda.

O‘QING:Eng ilg‘or protsessor va kuchli kameraga ega iPhone Xs hamda iPhone Xs Max taqdim etildi (+video)

iPhone’ning xotira kartasi faqat shunday bo‘ladi

Har 192 ortiqcha GB uchun Apple foydalanuvchilardan 200 dollarcha qo‘shimcha pul olmoqda, shunday ekan... Shu bilan birga, shunday sig‘imdagi oddiygina microSD-fleshka  kamida ikki barobar arzon turadi.

Yana bir sabab ham bor. Apple smartfonlari yopiq tizim hisoblanadi. Unga kompaniyaning obro‘sini tushirib yuborishi mumkin bo‘lgan va qurilmaning ishlash sifatini yomonlashtiradigan  begona yechimlar kerak emas.

MicroSD-fleshka har doim ishdan chiqadi yoki  yo‘qolib qoladi.  Bu esa,  foydalanuvchilarning Apple “buluti”da emas, balki kartada saqlanayotgan minglab fotasuratlari va videolarini yo‘qotish xavfini tug‘diradi.

Qolaversa,  microSD kartasi Apple  kompaniyasi o‘rnatgan flesh-kartasiga qaraganda ma’lumotni sekin o‘qiydi va yozadi.  Bu ayrim dasturlar va operatsion tizimlarning ishlash tezligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Apple’ga shu kerakmi? Albatta yo‘q, shunday ekan yangi iPhone’da fleshka uchun slot qo‘yilmaydi.

Simsiz zaryadka

iPhone 8 chiqishidanoq ishlab chiqaruvchilar yangi devays bundan buyon simsiz zaryadka bilan qo‘llab quvatlanadi, deb e’lon qilgandi. Hech qanday innovatsiya yo‘q, Android egalari ko‘p yillar davomida ushbu funksiyani o‘z smartfonlarida ishlatib kelishdi. Masalan,  LG’ning  Nexus 4 modelini olib qaraylik, u uzoq 2012 yilda simsiz zaryadkani ishlatgan edi.

Ammo  Apple va boshqa ishlab chiqaruvchilarning yechimi unchalik ideal darajada chiqmadi. Qanday o‘ylamaylik, hatto simsiz zaryadkalarda ham sim bor: smartfon qo‘yiladigan platforma rozetkaga ulanadi.

O‘QING:iPhone Xs: 2018 yilda chiqadigan uchchala modelning ham narxi ma’lum bo‘ldi

Foydalanuvchilar esa ancha yillardan buyon  Apple’dan  bu sohada burilish yasashni kutmoqda. Qolaversa, kompaniya ta’minotchilari uzoqdan harakat qiladigan simsiz zaryadka texnologiyasi bo‘lmish, Energous’ga faol sarmoya jalb qilmoqda.

WattUp tizimi bir vaqtning o‘zida asosiy stansiyaga yaqin turgan ko‘plab qurilmalarni quvvatlantirishi mumkin. Shunga qaramay, yangi iPhone’da bunday zaryadkani kutish ma’nisiz bo‘ladi. Mazkur texnologiya hali xom, undan hozir hech kim foydalanayotgani yo‘q va hozir tajriba tariqasida qo‘llanilmoqda, xalos.

Home  tugmasi endi bo‘lmaydi

12 sentyabrda Apple bir yo‘la uchta  romsiz displeyni namoyish etishi mumkin.

Bir tomondan olib qaraganda,  bu yaxshi yangilik — ekran xuddi iPhone X’dagidek  old panelning katta qismini egallaydi.  Shu sababli unda ancha ko‘p ma’lumot sig‘adi. Boshqa tomondan olib qaraganda, yangi qurilmadan barmoq izlari skaneri bilan birga  Home tugmachasi butunlay olib tashlanadi.

O‘QING:Eng ommalashgan iPhone’lar e’lon qilindi. iPhone X kuchli uchlikka ham kira olmadi!

Garchi texnologiya odatiy bo‘lsa-da,  Apple  Home’ni yangi modeldan yechib olishadi.  Touch ID  o‘rniga— Face ID yuzni tanish tizimi bo‘ladi, u ayrim holatlarni hisobga olmaganda, umuman, o‘z fazifasini yaxshi bajarayapti.

Telefonni oddiy  PIN-kod bilan himoyalash hech qayoqqa g‘oyib bo‘lgani yo‘q. Ammo, Home tugmachasidan ajralishni istamagan  foydalanuvchilar yangi qurilmani xarid qilish chog‘ida tanlash imkoniyatidan to‘liq mahrum bo‘ladi. Avvaldan sodiq  foydalanuvchilarning aksariyatiga bunday muqobilning yo‘qligi yoqmasligi mumkin. Lekin, iloj qancha, barchasini uniting,  flagman modellarining old panelidagi  o‘sha yagona tugmacha endi qaytmaydi.

Uchta ob’yektiv ko‘plik qiladi

Taqdimot arafasida shunday gap-so‘z tarqalgandi, ayfonlarning bittasi orqa qismida uchta  kamera bilan chiqishi mumkin, deb, xuddi  Huawei P20 Pro flagmanidagi kabi.

Bunday bo‘lmaydi. Yangi avlod iPhone’ning barcha protatiplari allaqachon internet orqali nufuzli manbalar tomonidan bir necha bor namoyish etilgan. Katta modellarda ikkita asosiy kamera bo‘ladi, kichiklarida esa bittagina.

O‘QING:iPhone endi qo‘lsiz boshqariladi: eBay’dan yangi ixtiro

Ha, uchtalik kamera qisman marketing yurish bo‘lishi mumkin. Chunki, barcha kompaniyalar kabi Apple ham o‘z tovarlariga xaridorlarni ko‘proq jalb qilishni istaydi. Odamlar o‘ylashi mumkin, kamerasi qancha ko‘p bo‘lsa, smartfon  shuncha sifatli rasmga oladi, deb. Aslida, har doim ham unday emas (xuddi megapikselning soniga o‘xshab).

Apple bunday reklama tuzoqlarini tez-tez ishga solib turadi. Eslang:  Olmachilar  iPhone Plus’ni ikkitalik sensor bilan jihozlay boshlagandan keyin, ushbu yangilikni ko‘plab raqobatchilar ham qo‘llay boshlagandi (Samsung, LG, Huawei). Bu shuni tasdiqlaydiki, kompaniya o‘z smartfonlariga uchtalik ob’yektiv o‘rnatishga  shoshilmaydi.

Yaskicha yangi dizayn

E’lon qilingan suratga qaraganda, yangi smartfon dizayni o‘tgan yilgi iPhone X modeli bilan taqqoslaganda, amalda bir xil bo‘ladi

Yagona farqi korpusning rangida bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchi kichkina modelni moviy, qizil va pushti rangda namoyish qilishi mumkin.

O‘QING:Terashop.uz’dagi barcha iPhone’lar narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib beriladi! (2018 yil 10 sentyabr)

Qolgan barcha jihatlarda yangi telefon dizeyni o‘zining avvalgi modeldoshlari dizaynini takrorlaydi. Hatto insayderlar yangi gadjetning suratlarini e’lon qilmagan taqdirda ham  buni anglash mushkullik tug‘dirmaydi. Chunki, Apple o‘zining smartfonlari qiyofasini  ko‘pi bilan ikki yilda bir bor tubdan yangilaydi. Agar iPhone tartib raqamini o‘zgartirmasa va shunchaki «s» qo‘shimchasini qo‘ysa, demak o‘zgarishlar asosan apparat va soft darajasida ro‘y beradi. Yirik apdeyt o‘tgan yili bo‘lgan edi, shu bois dizaynning tubdan yangilanishiga umid qilmasa ham bo‘ladi. Shunga qaramay, baribir xaridorlar uchun yangi ayfon – yangi mu’jiza bo‘lib ko‘rinsa ajab emas.

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!