Yangi rekord: Sony Xperia XZ4 taqdimotdan avval AnTuTu’da salkam mo‘’jiza ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  2528
  •  03.01.2019 10:15

Yangi rekord: Sony Xperia XZ4 taqdimotdan avval AnTuTu’da salkam mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Lenovo Z5 Pro GT flagmanining taqdimot marosimida kompaniya ta’kidlashicha, AnTuTu benchmarkida eng yuqori – 368 480 ball to‘plagan. Bu esa har qanday smartfon, hattoki iPhone XS hamda XS Max natijalaridan ham yuqori ko‘rsatkich!

O‘QING: AnTuTu: Android-smartfonlarning yangi «qirol»i chindan ham Apple’ning so‘nggi flagmanlaridan zo‘rmi?

Endi esa hali rasman namoyish etilmagan Sony Xperia XZ4 smartfonining ushbu benchmarkdagi natijasi e’lon qilindi. Eng yangi va kuchli Snapdragon 855 protsessori bilan qurollangan bu flagman AnTuTu’da yanada yuksak – 395 721 ballik natija ko‘rsatgan!

Ammo kuzatuvchilar mazkur natija soxta bo‘lib chiqishi ham mumkinligini aytishmoqda. Hozirgacha rasman bozorga chiqarilgan smartfonlar orasida esa Snapdragon 845 chipli bittasi eng samarador bo‘lib turibdi. Undan keyingi naq beshta o‘rinni esa Kirin 980 protsessorli devayslar band etgan!

O‘QING: 2019 yil boshidagi eng kuchli o‘nta smartfon (AnTuTu reytingi): uloqni endi yana bir xitoylik ilib ketdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.