Yangi texnologiya: qurilmalar bir-biridan simsiz quvvat oladi

  •   Saroy
  •  1736
  •  27.07.2018 16:12

Yangi texnologiya: qurilmalar bir-biridan simsiz quvvat oladi

Apple’ning yangi patentida  qurilmalarini noodatiy tarzda quvvatlantirish usuli haqida yozilgan. Buyurtmada ikki yo‘nalishga ham tok uzata olishi mumkin bo‘lgan simsiz zaryadka g‘altagi haqida gap boradi. Shunday qilib, nazariy jihatdan olib qaraganda,  iPad yoki MacBook   iPhone X yoki iPhone 8 smartfonini simsiz quvvatlantira oladi, ular esa, o‘z navbatida o‘zidan kichikroq qurilmalarni zaryadlay oladi.

O‘QING:Samsung bexosdan Galaxy Watch’ning surat va jihatlarini e’lon qilib yubordi

Hozirda iPad yoki MacBook  simsiz zaryadlash uchun  induksion g‘altagi bilan chiqarilmaydi, Ammo kelajakda bu gadjetlarni quvvatlantirishning yangi usuliga aylanishi mumkin. Patentda  MacBook bir nechta quvvatlantirish nuqtalari bilan ko‘rsatilgan, ulardan MacBook bilan iPhone va Apple Watch kabi boshqa  ikki yoki uchta qurilmalar o‘rtasida elektr uzatishda foydalanishi mumkin. Qurilmalar biri boshqasining ustida yoki ostida turishiga qarab quvvat oladi yoki quvvat uzatadi.

O‘QING:Yangi MacBook Pro noutbukida yangi muammo: plata lat yesa ma’lumotlar qayta tiklanmaydi

MacBook, shu yo‘l bilan boshqa qurilmalar uchun «quvvatlanish gilamchasi”ga aylanadi. Qolaversa, Apple Watch soatini ham iPhone displeyi ustiga joylashtirib, quvvat oldirish mumkin bo‘ladi.

Endi gap Apple’ning simsiz quvvatlash g‘altagining kiruvchi va chiquvchi tok orasida qanday qilib qizib ketmasdan ulanish masalasini tezroq hal qilishida qoldi. Ushbu texnologiya hayotga joriy qilingunicha ehtimol yillar o‘tar (agar u qachonlardir amalga oshsa, albatta). Hozircha esa, hech bo‘lmaganda AirPower “gilamchasi” chiqqanda edi, deya ta’kidlanadi mazkur xabarda.

O‘QING:Apple’ning boshi qotgan: eng qimmat MacBook Pro do‘konlarga qaytarilmoqda

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!