Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

  •   DiMaX
  •  1468
  •  07.05.2020 09:30

Yaponiyada atom bombasini «qayta portlatgani» uchun Xiaomi uzr so‘radi (+video)

Xiaomi kompaniyasi yaqinda Redmi Note 9 turkumi smartfonlarini global bozor uchun taqdim etgan. Lekin ularni Yaponiyada ilgari surish maqsadida tayyorlagan reklama roligi bilan xitoyliklar «qovun tushirib» qo‘yishdi.

O‘QING: Redmi Note 9 Pro Global taqdim etildi: Redmi Note 9 Pro Max’ning xalqaro versiyasi, lekin farqlari bor (+video)

Reklama roligida Redmi Note 9 smartfonlaridagi 30 vattlik tezkor quvvatlanish funksiyasi maqtalgan. Xiaomi bu lavhani Yaponiya reklama bozoriga xos bo‘lgan «tentakona» uslubda tayyorlagan. Lekin bir joyida oshirib yuborgan: rolik qahramoni pufakday shishib ketadi, bu «baqaloq» yuqoriga ko‘tarilganicha tomni ham yorib chiqadi, keyin esa u yerda yadro portlashi yuz beradi.

Mana, uni tomosha qilamiz:

Gap shundaki, 1945 yili Nagasaki shahriga AQSh tashlagan atom bombasining kodli nomi ham aynan «baqaloq» bo‘lgan. Xiaomi reklama roligidagi baqaloqning portlashi esa xuddi o‘sha mash’um voqeani eslatib yaponlarni masxara qilganga o‘xshab chiqqan.

Natijada Xiaomi yaponiyalik foydalanuvchilaridan Twitter tarmog‘i orqali ommaviy uzr so‘rashga majbur bo‘lgan. Mazkur reklama kontentida xorij bozori nuqtai nazaridan yengiltaklik bo‘luvchi lavha qo‘llanganini kompaniya tan olgan va bundan keyin shu kabi vaziyatlar yuzaga kelmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishga so‘z bergan.

O‘QING: 28 xil Xiaomi va Redmi smartfoniga hoziroq «global» MIUI 12 proshivkasini yuklab olishingiz mumkin!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!