Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

  •   DiMaX
  •  1932
  •  08.10.2019 18:05

Yaqin orada 5G-smartfonlar bozorining naq yarmini shu kompaniya egallaydi!

Ko‘pgina mamlakatlarda beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari joriy etilmoqda. Biroq mazkur standartni qo‘llab-quvvatlovchi qurilmalar bozori hali birmuncha siyrak...

O‘QING: TEZKOR XABAR: Ucell O‘zbekistonda ilk 5G tarmog‘ini hamda metroda uyali aloqani ishga tushiryapti!

Xitoy hukumati ilk 5G-smartfonlar ishlab chiqaruvchilarga shu yilning iyunidan litsenziyalar bera boshlagan edi. Ayni damda «Osmon osti saltanati»da o‘ndan oshiq modelda shunday gadjetlar namoyish qilingan. Jumladan, yaqindagina namoyish qilingan va allaqachon sotuvga chiqqan Xiaomi Mi 9 Pro 5G narxi atigi 520 dollardan boshlanadi, ammo raqiblaridan biri undan ham arzonroq 5G-smartfon tayyorlamoqda.

Tahlilchilarning prognozlariga qaraganda, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi smartfonlar bozori keyingi yil rosa qiziydi. Ularning ishonch bilan ta’kidlashlaricha, aynan Xitoyda bunday devayslar savdosi rekord darajaga chiqadi.

Shuningdek, Express Technology prognoziga ko‘ra, 2020 yilga borib xitoylik texnogigant Huawei mahalliy 5G-smartfonlar bozorining 50 foizini zabt etadi. Hozirda ham mazkur korporatsiya 5G mahsulotlarining faol yetkazib beruvchisi bo‘lib turibdi. Ular orasida 5G baza stansiyalari, kommunikatsion jihozlari, serverlari, shuningdek 5G-smartfonlar mavjud. AQSh tomonidan bo‘layotgan bosimlar tufayli Huawei o‘zining 5G qurilmalari uchun butlovchi qismlarni amerikalik ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarisiz tayyorlamoqda.

O‘QING: 5G tarmog‘i sog‘lik uchun shunchalik xavflimi?