Yaratuvchilarini milliarder qilgan 10 ta mashhur blog

Yaratuvchilarini milliarder qilgan 10 ta mashhur  blog

Odamlar bir nechta sabablarga ko‘ra blog yuritishni boshlashadi: ba’zilari o‘z fikrlarini odamlar bilan bo‘lishish uchun, ba’zilari ma’lum bir mahsulotni yoki xizmat turini sotish yoki uni targ‘ib qilish maqsadida, kimlardir boshqalarga foydali bo‘lgan axborotlarni berib turish uchun v.h.k. Qiziq tomoni shuki, bloglar to‘satdan muvaffaqiyatli bo‘lib, blog yaratuvchisiga millionlab dollar keltirishi mumkin!

Ishonmasangiz, biz sizga ana shunday omadli 10 ta blog haqida ma’lumot beramiz. Ushbu bloglar yaratuvchilarini badavlat qilib yuborgan. Shuningdek, ular dunyodagi eng muvaffaqiyatli, ko‘p o‘quvchilariga va kuzatuvchilariga ega bloglar hisoblanadi.

  1. «The Huffington Post»

Ushbu blog Kennet Lehrer, Andrev Breitbart, Iona Peretti va Arianna Huffington tomonidan yaratilgan. Siyosat, biznes, atrof-muhit, o‘yin-kulgi, texnologiya va boshqa ko‘plab mavzularni o‘z ichiga olgan blogda muntazam ravishda yangi blogpostlar joylab boriladi.

Mazkur blogning konsepsiyasi 2005 yil may oyida ishlab chiqilgan va loyihaning o‘zi bir necha kundan keyin boshlangan. Bir yil o‘tib yirik banklardan biri loyihaga 5 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritgan. Bir necha yildan so‘ng turli investitsiyalar hisobiga blog 15 million dollardan oshiq pul jamg‘ardi. 2011 yilda AOL kompaniyasi 315 million dollar sarflab blogni sotib oldi va unda Arianna Huffington bosh muharrir etib tayinlandi.

Hozirda «The Huffington Post»da ko‘plab odamlar ishlamoqdalar. Masalan, siyosatchilar, mashxo‘r shasxlar va taniqli olimlardan iborat 9000 ta muntazam mualliflar bor! Mazkur blog nafaqat amerikalik kuzatuvchilar uchun, balki Kanada, Britaniya, Fransiya, Italiya va Ispaniya kabi yirik mamlakatlar fuqarolari auditoriyasini ham o‘z ichiga olgan.

Blog shu qadar ommalashgan va o‘quvchilarining ishonchini qozonganki, 2009 yilda «Forbes» «The Huffington Post» bosh muharriri Arianne Huffingtonga dunyodagi eng nufuzli ayollar ro‘yxatidan 12-o‘rinni ajratdi.

  1. «TechCrunch»

Ushbu blog texnologiya bilan bog‘liq yangiliklar va axborotlarni joylab boradi. Hozirda blogning narxi 100 million dollarni tashkil etadi. Mazkur blog 2005-yilda Maykl Arrington tomonidan asos solingan. Keyinchalik «TechCrunch Network» nomi ostida umumiy blog sifatida ma’lum bo‘lgan boshqa bir qator bloglarni o‘z ichiga olgan. Masalan,  «MobileCrunch» kompyuterlar va mobil qurilmalarga bag‘ishlangan ana shunday bloglardan biridir.

Bundan tashqari, TechCrunch tarkibida fransuz va yapon tillariga tarjima qilingan - «TechCrunch France» va «TechCrunch Japan» bloglari ham bor. Bu esa blogni jahon miqyosida keng ommalashishiga katta turtki bo‘lgan.

Blogning mavqiye oshib borishi sababli blog yaratuvchilari bevosita blogpost yuritishdan tashqari sohasidan kelib chiqqan holda kompyuter va tarmoq texnologiyalariga bag‘ishlangan turli xil konferensiyalar o‘tkazishni boshladi. Bundan tashqari, agar sizda qiziqarli loyiha bo‘lsa, siz «Startaplar jangi»ga qo‘shilib mahsulotingizni dunyoning eng mashhur investorlari nazariga tushirishingiz mumkin.

3. «Gawker»

Ushbu blog 2003-yilda Nik Denton tomonidan yaratilgan. Blogning qiymati 100 million dollarga baholangan. «Gawker» dunyodagi mashhur shaxslar - aktyorlar, musiqachilar, siyosatchilar haqidagi barcha qiziqarli ma’lumotlarni joylab boradi.

Yulduzlar va dunyoning eng mashhur shaxslar haqidagi turli shov-shuvlar, gap-so‘zlar, g‘iybatlar, yangiliklar, voqealarga bag‘ishlangan har kuni o‘rtacha 20-30 ta maqola chop etiladi.

4. «Lifehacker»

Nomidan ham ma’lumki, ushbu blog asosan kundalik hayotni yanada qulay va foydali qilishni hamda gadjetlar, dasturiy ta’minot  vositalari dunyosidagi yangi mahsulotlar haqida maslahatlar va tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Blog  «Microsoft» tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. «Lifehacker» ham «Gawker» (ro‘yxatimizdagi 3-blog egalari) ga tegishlidir.

«Lifehacker»  2005-yilda Gina Trapani tomonidan asos solingan. Dastlab blogda Gina Trapani yolg‘iz ishlagan va bir yildan so‘ng unga yana ikki nafar muharrir qo‘shilgan.

O‘QING: O‘zbekistonda blogerlik uchun litsenziya kerakmi?

Bugungi kunda blogning qiymati 109 million dollarni tashkil etadi. Uning yuqori narxi nafaqat noyob qiziqarli kontent tufayli, balki «Sony» tomonidan sarflangan sezilarli sarmoyalar bilan ham bog‘liq. Har kuni blogda 18 ta maqolada chop etiladi. Blog Yaponiya va Avstraliyada ommabop hisoblanadi.

5. «Mashable»

Ushbu blogda veb-saytlar, texnologiyalar va ijtimoiy media haqida yangiliklar mavjud. «Mashable» 2005 yil Pete Cashmor tomonidan asos solingan. Uning qiymati hozirgi kunda 95 million dollarni tashkil etadi.

Blog ommaviy axborot vositalaridagi yangiliklar haqida ma’lumot beradi. «Mashable»da asosan texnologiya, ko‘ngilochar, onlayn o‘yinlar, kino va gadjetlar dunyosini qamrab oladigan maqolalar joy olgan.

«Mashable» dunyodagi eng yirik saytlardan biri bo‘lib, 2009 yilda dunyoning eng yaxshi 25 ta blogi ro‘xatiga kirgan.

6. «Fail Blog»

Ben Xax 2008 yilda ushbu blogga asos solgan. Blog turli hazil, kulgili video va fotosuratlarini chop etib boradi. Blogning aniq qiymati oshkor qilinmaydi, biroq  u bir necha million dollarga teng deb hisoblanmoqda. Besh oy o‘tgach, blog «Cheezburger Inc» tomonidan sotib olingan. Blogning asosiy daromadi unda e’lon qilinadigan reklama bilan bog‘liq.

«Fail Blog»ga har oy bir milliondan ziyod internet foydalanuvchilari tashrif buyuradi.  Hatto, 2009 yilda Blog ijodkorlari har yili nashr etilgan va yaxshi tarqalgan turli hazil, fotosuratlarini kitob holida ham chop etgan

O‘QING: «Eng tez rivojlanayotgan» rossiyalik blogerlar

Blogda chop etiladigan ma’lumotlar nafaqat muharrirlar tomonidan, shuningdek, kuzatuvchilar tomonidan ham joylab boriladi. Blog bir nechta nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan. Hatto, u bilan bog‘liq janjal ham bor: 2009 yilda Fail Blog «Ginness» rekordlaridan joy olgan rekordchilarning«terroristik hujum natijasida o‘ldirilgan»lari ro‘yhatini chop etgan. Oqibatda «Ginness» blogni sudga bermoqchi bo‘lgan. Bu esa Fail Blog’ni yana ham mashxur qilib yuborgan.

7. «Smashing Magazine

Blog dizaynerlar va veb sayt yaratuvchilari uchun uchun tavsiyalar chop etib boradi.  «Smashing Magazine»ga 2006 yilda Sven Lennartz va Vitaliy Fridman tomonidan asos solingan. Uning narxi 5 million dollarni tashkil etadi.  

Blog dasturlashga qiziqadigan odamlar uchun ma’lumotlar chop etib boradi. Bundan tashqari, blog yaratuvchilari hayotiy misollari bilan asoslangan internet biznesni ishlab chiqish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlar beradi. Blogdan veb-sayt yaratuvchilari va veb-dizaynerlar bepul fontlar, piktogrammalar, andozalarni yuklab olish mumkin.

8. «Business Insider»

Mazkur blog tadbirkorlik haqidagi turli foydali va qiziqarli ma’lumotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, 2009-yilda Kevin P. Ryan tomonidan asos solingan. Blogning aniq qiymati 3 million dollarni tashkil etadi.

Blogning barcha kontenti nufuzli manbalardan olinadi. Barcha analitik yangiliklar ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lishidan bir soat oldin e’lon qilinadi. Blogda 45 nafar tajribali jurnalistlar doimo «kuzatuv» ishlarini olib boradi.

Saytda foydalanuvchilar uchun mahsus hizmat ochilgan. Unda har bir kishi anonim xabar qoldirishi mumkin.  Keyin esa voqealar ekspert xulosalari bilan “ta’minlanib” chop etiladi.

O‘QING: Blogerlarga osonmi? Ular mashhur bo‘ldi, pul topdi, ammo baxt uchun hammasidan kechdi

Blog «The New York Times» va «National Public Radio» singari ishonchli manba sifatida qaraladi. Blog tahrirlovchilarining tarkibi analitik mutaxassislardir. Masalan, bosh muharrir Henri Blodgett «Merrill Lynch», «Pierce» va «Fenner & Smith» menejeri bo‘lib ishlagan, shuningdek, «Forbes»ning doimiy muharrirlaridan biri bo‘lgan.

9. «Engadget»

Ushbu blog axborot texnologiyalar haqida bo‘lib, 2004 yilda Piter Rojas tomonidan asos solingan. Uning qiymati 3,2 million dollarni tashkil qiladi. “Engadget” axborot texnologiyalariga qiziquvchilar uchun yangi xabarlarni chop etib boradi. Saytda tez-tez texnologiyalarning yangilanishlari, shuningdek, ba’zi gadjetlar haqida ekspertlarning fikrlarini berib boradi.

Blogda o‘nlab tahlilchilar va professional jurnalistlar ishlaydi. Blog bosh muharriri Darren Murf Ginnes rekordlar kitobiga dunyodagi eng samarali professional bloger sifatida kirgan. Darren Murf 2010 yil 5 oktyabrdan buyon 17,212 maqola chop etgan!

O‘QING: Rossiyada yolg‘on axborot tarqatgan videoblogerlarni jazolash taklif etilmoqda

Blog yapon, xitoy, koreys va nemis tillarida olib boriladi.

«Engadget» «Technorati Top-100»ga kiritilgan. Blog 2010-yilda esa yilning eng yaxshi bloglaridan biri sifatida qayd etilgan.

10. «The Daily Beast»

«The Daily Beast» dunyoda sodir bo‘layotgan barcha voqealar haqidagi yangiliklar va sharhlarni nashr etadi. Blog Tina Braun tomonidan 2008 yilda tashkil etilgan va 2010 yilda «Newsweek» kompaniyasi bilan birlashib, katta moliyaviy foyda keltirgan. «The Daily Beast» 100 million dollarga baholangan.

Saytdagi eng qiziqarli materiallarga asoslanadigan «Beast books» blogga katta daromad keltirmoqda. Bundan tashqari, blog o‘zining bir nechta reytingini olib boradi. Masalan, universitetlar, jurnallar va boshqa yo‘nalishlarda. Har oyda blog kuzatuvchilari taxminan uch millionni tashkil qiladi.

O‘QING: Internetdagi ishkal: TATU talabalari blogerdan uzr so‘rashdi (+suratlar)