Google havaskor dasturchilarga mo‘ljallangan servisining ham «janozasini o‘qiyapti»

15 apreldan foydalanuvchilar uchun App Maker’da yangi ilova yaratish imkoni to‘xtatiladi. Biroq ular hali unda avvalroq yasagan dasturlarini tahrirlashlari va foydalanishga joriy etishlari mumkin bo‘ladi...

Google mahsulotlarining haqiqiy qabristoni ochildi – qabrtoshlari ham bor!

Google bu qabristonga o‘zi voz kechgan barcha mahsulotlarini emas, balki ayrimlarinigina «dafn etgan». Shu paytgacha u «o‘ldirgan» devays va dasturiy ta’minot mahsulotlarning umumiy soni esa 180 dan oshiq.

«Google qabristoni»da yangi «qabr»: bu gal YouTube servisi...

Qidiruv giganti yaqinda televizorlar ishlab chiqaruvchilari bilan shartnomani bekor qilgan va shu bois Smart TV platformasiga mo‘ljallangan YouTube ilovasini o‘chirib tashlagan.

Yana bitta loyiha «Google qabristoni»ga ketyapti

26 iyunda kompaniya Jump orqali suratga olingan materiallarni qayta ishlash uchun qabul qilishni to‘xtatadi. 28 iyundan esa mazkur loyiha ma’lumotlarini va profillarni yo‘q qila boshlaydi.

Google yana uchta mahsulotini o‘z «qabriston»iga jo‘natdi

Qidiruv gigantining bekor qilingan loyihalari, ishlab chiqarishdan olingan mahsulotlari haqida yaqindagina xabar bergandik. Shu «qabriston»ga yana uchta Google servisi yo‘l olmoqda.

«Google qabristoni»ga bir nazar: unda nimalar «dafn etilgan»?

Agarda Google hozir 20 yoshda ekanini hisobga olsak, u o‘rta hisobda yiliga yettita mahsulotini «narigi dunyoga ravona qilgan» ekan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun telegram kanalimizga aъzo bo'ling!

Йўқ Аъзо бўлиш