16-may kuni Toshkent shahrida USENET 2019 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
16-may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida yetakchi media agentliklardan biri hisoblangan Ledokol Group tomonidan Toshkent shahrida USENET 2019 konferensiyasi tashkil etiladi.
USENET 2019 oltinchi xalqaro digital-konferensiyasiga marhamat!
USENET – O‘zbekistonda har yili o‘tkaziladigan yagona internet-konferensiya bo‘lib, tadbir sahnasi yigirmadan ziyod mahalliy va xalqaro ekspertlarni o‘zida jamlaydi.