Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1491
  •  21.02.2019 17:52

Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Yaqinda Fast Company agentligi dunyodagi eng innovatsion ellikta kompaniyaning navbatdagi yillik reytingini e’lon qildi. Bulturgi ro‘yxatning boshida turgan kupertinolik korporatsiya bu yil 17-o‘ringa tushib qolgan.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi: Apple kuchli uchlikda, lekin yetakchi boshqa!

Yangi reytingga ko‘ra, 2019 yilning fevral oyi holatiga ko‘ra jahondagi eng innovatsion kompaniya – Meituan Dianping texnologik firmasi ekan. Xitoyliklarning ushbu tashkiloti xizmat ko‘rsatish (otellarni va kino biletlarini bron qilish, ovqatlarni yetkazib berish) sohasida faoliyat yuritadi. 2018 yilda ushbu platforma jami 33,8 milliard AQSh dollari miqdorida tarnzaksiyalarni amalga oshirgan va 2800 ta shaharda 350 milliondan oshiq mijozga xizmat ko‘rsatgan.

Shuningdek, top-beshtalikka Singapurning Grab kompaniyasi, NBA, The Walt Disney Company hamda Stitch Fix elektron tijorat xizmati ham kirgan. Square, Oatly, Twitch, Shopify hamda Alibaba Group kabilar o‘tgan yilgi yetakchi – Apple’ni quvib o‘tishgan.

O‘QING: Eng innovatsion mamlakatlar reytingi bilan tanishing

Quyidagi videolavhada esa eng yirik 15 ta brend reytingi tarkibi 2000 yildan buyon qanday o‘zgarganligi yaqqol ko‘rsatib berilgan. Masalan, Nokia, HP va Intel kabi texnogigantlar vaqti kelib Apple’ga yo‘l berishgan. Endi esa, aftidan, yo‘l berish navbati kupertinoliklarga kelyapti-yov...

Fast Company reytingini shakllantirish uchun mingdan oshiq kompaniyalarning vakillari orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning nazdida yilning eng sezilarli innovatsiyalari nima ekani, buning biznesga, soha rivojiga va umuman madaniyatga qanchalik ta’sir ko‘rsatgani so‘raladi. Bu yilgi reytingda Apple faqat «Maishiy elektronika» bo‘limidagina Google, Microsoft va Dell’dan oldinga chiqib, ro‘yxatda yetakchi bo‘ldi.

O‘QING: Tim Kukdan ham ikki baravar ko‘p maosh oluvchi xodim Apple’ni tashlab ketdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!