Barcha modellardagi hamyonbop MDC smartfonlari yanada arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  4159
  •  13.12.2018 15:00

Barcha modellardagi hamyonbop MDC smartfonlari yanada arzonlashdi!

Joriy yil boshidan to hozirgi kungacha bir qancha modeldagi hamyonbop smartfonlarini taqdim etib, xaridorlar orasida tanilib ulgurgan MDC brendi smartfonlar narxini yanada arzonlashtirdi. Quyida ushbu brend ostidagi smartfonlarning qisqacha texnik xususiyatlari va narxlari bilan tanishamiz. Aytish kerakki, ularning barchasi bir yillik muddatli rasmiy kafolatga ega.

O‘QING: O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali smartfonlar va ularning narxlari

MDC Prime Lite

Ushbu modelning korpusi ramkasi to‘liq metalldan ishlangan bo‘lib, bu xususiyat ayni vaqtda qurilma mustahkamligini ta’minlovchi muhim ko‘rsatkichlaridan biridir. Smartfonga 1.3 GGs takt chastotada ishlovchi 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessori o‘rnatilgan. Gadjetning asosiy kamerasi 13 hamda 0.3 megapiksellik ikkita sensordan iborat. Old kamera aniqligi 8 megapiksel bo‘lib, original tarzda – ekranning pastki qismiga joylashtirilgan. Bu esa selfi ishqibozlari uchun yana bir qulaylik. Smartfon 3G hamda 4G standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Qurilmaga ikkita SIM-karta tushadi, u Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimida ishlaydi.

MDC Prime Lite smartfonining tavsiya etilgan narxi: 664 000 so‘m.

O‘QING: MDC Prime Lite – «Malika»dagi noodatiy «ekonom klass»

MDC Grand

Tomonlari 18:9 nisbatli ekran bugungi kunda smartfonsozlik sanoatidagi eng urfga kirgan trendlardan biridir. Ushbu smartfonni yaratishda dizaynerlar aynan shu jihatni e’tibordan chetda qoldirishmagan. Smartfon 5.5 dyuymlik HD aniqligidagi displey, to‘rt yadroli MTK6580 protsessor, 8/2 MP kamera va barmoq izi skaneri bilan jihozlangan Qurilmada ikkita SIM-kartadan foydalanish mumkin, Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimida ishlaydi.

MDC Grand smartfonining tavsiya etilgan narxi: 625 000 so‘m.

O‘QING: MDC Grand – barmoq izi skaneri va HD-displeyga ega eng hamyonbop smartfon!

MDC Nova

Hamyonbop Nova modeli to‘rt yadroli protsessor, 5,7 dyuymlik HD+ aniqligidagi ekran, barmoq izi skaneri bilan jihozlangan. Asosiy kamerasi 8 megapiksellik, old kamera aniqligi esa 5 megapikselni tashkil qiladi. Yaxshi tomoni – har ikkala kamera ham o‘zining fotochaqnog‘iga ega. Qurilmaga ikkita SIM-karta o‘rnatish mumkin.

MDC Nova smartfonining tavsiya etilgan narxi: 540 000 so‘m.

O‘QING: MDC Nova – yoshlarbop zamonaviy smartfon!

MDC Grand Pro

Korpusi «Soft Touch» plastikdan ishlangan. Korpus atrofida ramkalar ancha baquvvat, orqa panel ochiladi. Displey kattali 5.5 dyuym, HD aniqligida. Smartfon 4 yadroli Mediatek MT6737 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamerasi 8+0.3 MPlik qo‘sh sensorga, old kamerasi esa 5 MPlik modulga ega. Gadjet GSM standartining barcha diapazonlari, jumladan, 4G (LTE) tarmog‘ida (FDD-LTE B1/3/7/8/20) ham ishlaydi. Ikkita SIM-kartani ishini qo‘llab-quvvatlaydi, Android 7.0 (Nougat) operatsion tizimida ishlaydi.

MDC Grand Pro smartfonining tavsiya etilgan narxi: 600 000 so‘m.

O‘QING: MDC Grand Pro – O‘zbekistondagi eng arzon qo‘sh kamerali 4G-smartfon

MDC Nova Pro

Orqa paneli metalldan ishlangan ushbu smartfon takt chastotasi 1.3 GGs bo‘lgan to‘rt yadroli Mediatek MTK6737 protsessorida ishlaydi. Asosiy kamera 8 MP, old kamera esa 5 MP aniqlikda bo‘lib, ikkala tarafida ham LED-chaqnoq ko‘zda tutilgan. Shaxsiy ma’lumotlarni barmoq izi bilan himoyalasa bo‘ladi. Qolaversa, yuzni tanish orqali blokdan chiqarish funksiyasi – Face Lock texnologiyasi ham sizning xizmatingizda. Nova Pro O‘zbekistondagi barcha mobil operatorlarning 4G tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatadi. Ikkita SIM-kartani o‘rnatish mumkin, qurilma Android 8.1 (Oreo) operatsion tizimida ishlaydi.

MDC Nova Pro smartfonining tavsiya etilgan narxi: 690 000 so‘m.

O‘QING: MDC Nova Pro: Face Lock funksiyali arzon 4G-smartfon sotuvga chiqdi

MDC M200

Ushbu smartfon dizayni sohadagi so‘nggi trendga asosan ishlab chiqilgan. Qurilma 5.45 dyuymlik ekran (HD+ aniqligida), 4 yadroli protsessor, 5 MP /2 MP aniqlikdagi kameralar bilan jihozlangan. Ishlab chiqaruvchi korpusning chap tomoniga yana bir tugma joylashtirgan bo‘lib, uning yordamida o‘zingizga zarur ilovani yoki funksiyani tezda ishga tushirish uchun sozlab qo‘yishingiz mumkin. MDC M200 smartfoni, bundan avvalgi modellardan farqli ravishda, Android Go Edition platformasida ishlaydi. Mazkur operatsion tizim Android Oreo operatsion tizimi asosida yaratilgan bo‘lib, tezkor xotirasi 1 GB va undan kam bo‘lgan hamyonbop smartfonlarga mo‘ljallangan. Qurilmada ikkita SIM-kartani qo‘llash mumkin.

MDC M200 smartfonining tavsiya etilgan narxi: 570 000 so‘m.

O‘QING: Android Go tizimli MDC M200 smartfoni O‘zbekistonda arzon narxda savdoga chiqdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!