DIQQAT: Yap-yangi iPhone’ni ham do‘konning o‘zidayoq qadog‘ini ochib tekshirib oling!

  •   DiMaX
  •  1268
  •  28.11.2019 14:35

DIQQAT: Yap-yangi iPhone’ni ham do‘konning o‘zidayoq qadog‘ini ochib tekshirib oling!

Kupertinolik korporatsiyaning iPhone 11, iPhone 11 Pro va iPhone 11 Pro Max smartfonlari dunyo bo‘ylab yaxshi sotilmoqda. Biroq ularning jamlanmasida ayrim nuqsonlar ham uchrayotgani g‘alati.

O‘QING: iPhone 11’larning taqdimotda Apple aytmagan beshta kamchiligi

Bir nechta mamlakatlardagi ayrim xaridorlar yangi ayfonlarning qadoqdagi jamlanmasi bilan bog‘liq muammoga duch kelishgani haqida xabarlar chiqmoqda. Masalan, Maykl ismli foydalanuvchi salkam 1100 dollarga iPhone 11 Pro Max xarid qilgan. Uyiga borib olib, xotirjam holda qadog‘ini ochib ko‘rsa, unga noto‘g‘ri kabel solingan ekan.

Gap shundaki, iPhone 11 Pro Max jamlanmasida yangicha – USB Type-C va Lightning portlarini tutashtiruvchi kabel bo‘ladi. Maykl olgan smartfon qadog‘iga esa uning o‘rniga eskicha – USB-A va Lightning portlariga tushadigan kabel solingan ekan. Birinchidan, bu sim jamlanmadagi quvvatlash adapteri portiga tushmaydi. Ikkinchidan, unga mos USB-A portli zaryadlagich topilgan taqdirda ham, baribir bunaqa kabel orqali o‘tkazish mumkin bo‘lgan quvvat ancha past – atigi 5 vattni tashkil etadi. Tabiiyki, iPhone 11 Pro Max’ga qo‘shilgan yangi texnologiya – tezkor quvvatlash funksiyasidan Maykl foydalana olmaydi.

O‘QING: Arzon iPhone’lar endi dunyo bozoriga ham chiqadi

Aftidan, smartfon teriladigan va jamlanma tayyorlanadigan fabrikada adashib, iPhone 11 Pro Max (sotib olish) qadog‘iga iPhone 11 (xarid qilish) kabelini solib yuborishgan. Yaxshiyamki smartfon modelida adashishmabdi!

Mazkur holat haqida yozgan svetapple.sk sayti yangi ayfon olmoqchi bo‘lganlarga bir necha tavsiyalar bergan. Asosiysi – yap-yangi iPhone’ni ham xarid qilgan zahotiyoq, sotuvchining ko‘z oldida qadog‘ini ochib, ichidagi aksessuarlar to‘g‘ri solinganligini tekshirish kerak.

Eslatib o‘tamiz, Terashop.uz internet-do‘konimizda turli rusumlardagi iPhone’larni 3 760 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: iPhone haqida eng keng tarqalgan oltita aldov

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!