Facebook yangilangan Messenger’ni namoyish etdi: sodda, qulay va... ajoyib!

  •   DiMaX
  •  477
  •  24.10.2018 17:42

Facebook yangilangan Messenger’ni namoyish etdi: sodda, qulay va... ajoyib!

Messenjerlar bozoridagi raqobat kuchayib, bu turdagi ilovalar ham takomillashmoqda. Facebook kompaniyasi ham Messenger ilovasining yanada yaxshilangan to‘rtinchi versiyasini tayyorladi.

O‘QING: Facebook Messenger muhim funksiya bilan boyitilyapti

Ushbu dasturning tashqi ko‘rinishi yangilandi, uni boshqarish ham qulaylashtirilgan. Bundan tashqari, messenjerda avvalgi to‘qqizta o‘rniga endi uchtagina varaqa bo‘ladi.

Facebook Messenger 4 yangilanganidan keyin unda quyidagi asosiy bo‘limlar qolgan: Chats, People va Discover. Bulardan birinchisida foydalanuvchining barcha kontaktlar bilan yozishmalari aks etadi, ikkinchisida esa ayni damda onlayn bo‘lgan yuzerlar ko‘rsatiladi. Uchinchi varaqa orqali esa o‘yinlar va boshqa turli servislarga o‘tiladi.

Ilovaning funksionali ham yangilangan, masalan, endi fotosuratlarni uzatish ancha soddalashgan. Buning uchun rasmni barmoq bilan ushlab, kerakli foydalanuvchi tomonga surish yetarli.

O‘QING: Messenger'ning trafikni tejaydigan talqini paydo bo‘ldi

Bundan tashqari, Facebook Messenger ishlab chiquvchilari smartfonsozlikda urfga kirgan gradiyent ranglarni ushbu dasturga ham joriy etishgan. Endi bo‘limlarni varaqlaganda ular muntazam tarzda turli ranglarga kirib turadi.

Yangilangan Facebook Messenger 4 ilovasi yaqin orada barcha foydalanuvchilar uchun taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Facebook akkauntingiz buzib kirilganini aniqlashning eng oson yo‘li

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.