iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

  •   DiMaX
  •  1943
  •  16.03.2020 10:45

iPhone 12’larning protsessori allaqachon Snapdragon 865’ni «yer tishlatdi»!

Apple korporatsiyasi iPhone 12 turkumidagi smartfonlarini hali kuzda chiqadi. Lekin ularning «elektron yuragi» bo‘ladigan Apple A14 Bionic protsessorini allaqachon benchmarkda tekshirib ko‘rishdi.

O‘QING: JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Ommabop benchmark servisi – Geekbench ma’lumotlar bazasida Apple A14 Bionic testdan o‘tkazilganligi haqidagi ilk ma’lumot paydo bo‘ldi. Uning ko‘rsatkichlari nafaqat avvalgi avlod – Apple A13 Bionic chipsetidan, balki Qualcomm’ning eng ilg‘or protsessoridan ham ancha yuqori!

Geekbench 5 servisida tekshirib ko‘rilgan Apple A14 Bionic protsessori maksimal 3,1 GGs takt chastotali oltita yadroni o‘z ichiga olgan. Bu chipset yakka yadroli sinovda 1658, barcha yadrolari ishtirokidagi imtihonda esa 4612 bal to‘plagan. Taqqoslash uchun keltirib o‘tsak: Qualcomm Snapdragon 865 ushbu tekshiruvlarda tegishlicha 930 va 3445 ochko to‘play olgan, xolos.

Apple A14 Bionic protsessori TSMC zavodlarida 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlanadi. Ularning ommaviy ishlab chiqarilishi aprelda boshlanadi, deyishmoqda, ammo iPhone 12 turkumining taqdimot sanasi hozircha noma’lum.

O‘QING: iPhone 12 Pro’lar rekord hajmli «operativka»ga ega, lekin Samsung va Xiaomi flagmanlari...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.