Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

  •   DiMaX
  •  1410
  •  12.06.2019 15:54

Kuzda taqdim etilayotgan iPhone XR 2 – bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi!

Apple korporatsiyasining iPhone XR smartfoni uning o‘tgan yilgi modellari orasida eng arzonidir. Shunga qaramasdan, akkumulyatorining quvvati uzoq vaqtga yetishi bo‘yicha u barcha ayfonlar orasida yetakchidir.

O‘QING: Video: Apple reklamada iPhone XR’ning rekordchi jihatini aytib maqtandi

Xabarlarga ko‘ra, iPhone XR’ning bu yil kuzda taqdim etiladigan «avlod»i bu borada hatto undan ham ustun bo‘ladi. Bu yerda gap ham dasturiy, ham qurilmaviy jihatdan yaxshilash ishlari xususida ketayotir.

iPhone XR 2 uchun akkumulyatorni Xitoyning ATL (Amperex Technology Ltd) kompaniyasi ishlab chiqaradi. Esingizda bo‘lsa, Galaxy Note 7 uchun qo‘llangan Samsung SDI batareyalaridagi muammo sababli portlab ketavergach, janubiy koreyalik korporatsiya ularni qaytarib olgan va qayta ishlab, boshqatdan sotuvga chiqargandi. O‘sha ikkinchi urinishda ularga ayni shu ATL kompaniyasining portlamaydigan akkumulyatorlari qo‘yilgan.

Xullasi kalom, iPhone XR 2 akkumulyatorining tok sig‘imi 3110 mA/soatga teng bo‘lib, u ayfonlar tarixidagi eng sig‘imdor yakka elementli batareya bo‘lyapti. To‘g‘ri, bu ko‘rsatkich original iPhone XR (sotib olish) akkumulyatorining 2942 mA/soatlik tok sig‘imidan atigi 5 foizga yuqori. Biroq dasturiy ta’minotning ham yaxshilanishi evaziga ushbu smartfon barcha ayfonlar tarixidagi eng avtonomligi yuqori model bo‘ladi.

O‘QING: iPhone’lar yanada arzonlashdi – Terashop.uz’dagi narxlar bilan tanishing! (2019 yil 1 iyun)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!