Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  896
  •  26.06.2018 12:16

Mi Max 3 taqdimot sanasini Xiaomi ovozli yordamchisi «sotib» qo‘ydi!

Xiaomi Redmi Note 4X Hatsune EditionXiaomi kompaniyasi kuni kechagina ikkita yangi gadjeti – Redmi 6 Pro smartfoni hamda Mi Pad 4 planshetini namoyish etgan edi. Endi esa u Mi Max 3 fabletining taqdimotiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘QING: Atigi 170 dollarlik, ammo metall korpus va «aqlli» kameraga ega Xiaomi Mi Pad 4 taqdim etildi

Qizig‘i shundaki, Mi Max 3 planshetofonining namoyish etilish sanasini kompaniyaning ovozli yordamchisi – Xiao AI oshkor etib qo‘ygan. Mazkur «aqlli» yordamchi ayni damda faqat Xitoydagi foydalanuvchilar uchungina amal qiladi.

Xullasi kalom, Xiao AI’ga ko‘ra, «xitoycha Apple» keyingi haftada – 3 iyul sanasida taqdimot marosimi o‘tkazmoqchi. Ushbu tadbirda Xiaomi Mi Max 3 smartfoni namoyish etiladi.

O‘QING: Mi Max 3: "gigant kinofon" hayratga soladi

Shu bilan birga, ushbu marosimda Mi 6X modelining Miku Xatsunega bag‘ishlangan maxsus anime talqini – Mi 6X Hatsune Edition ham taqdim qilinadi. Aytish kerakki, Miku Xatsune – yapon virtual xonandasi bo‘lib, 2007 yilning 31 avgustida Crypton Future Media tomonidan yaratilgan.

Caption

Xiaomi Mi Max 3 fabletining texnik xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni bir qator xabarlarimizda taqdim etganmiz.

O‘QING: Mi Max 3 surati TENAA’ga chiqdi: iPhone X’ga o‘xshash, ammo ekrani «kemtik»siz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!