O‘zbekistonda elektromobillarning davlat raqami belgilari boshqacha bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  621
  •  29.03.2021 11:59

O‘zbekistonda elektromobillarning davlat raqami belgilari boshqacha bo‘ladi

«O‘zbekiston Respublikasida elektr quvvati bilan harakatlanadigan avtomototransport vositalaridan foydalanishni ommalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqildi. Bu to‘g‘rida regulation.gov.uz – Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: YPX xodimi nega qarama-qarshi yo‘lda harakatlangan avtoblogerga jarima yozmadi?

Loyihaga ko‘ra, 2021 yil 1 iyundan boshlab elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi belgilangan.

Shuningdek, 2021 yil 1 iyunga qadar elektromobillar uchun rasmiylashtirilgan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari qonun hujjatlarida belgilangan to‘lov va yig‘imlar undirilmasdan almashtirib berilishi, bunda, elektromobil egasi auksion savdolari orqali yutib olingan oshirilgan to‘lov stavkasidagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari mos ravishda elektromobillar uchun alohida farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilariga almashtirib berilishi ta’minlanishi bo‘yicha band kiritilgan.

Elektromobillar uchun farqlovchi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari namunalari ham loyihada ko‘rsatilgan:

- IYe tip – «**Ye» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari yuridik shaxslarning elektromobillariga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va UZ harflari.

- IIIYe tip – «*Ye» seriyali ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari jismoniy shaxslarning elektromobillariga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqam va harflari qora rangda. Chap tomonda hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, o‘ng tomonda O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va UZ harflari.

O‘QING: Atigi 4 soniyada tezligi 100 km/soatga yetuvchi BMW i4 elektromobili namoyish qilindi

- XIE tip – «*Ye» seriyali mototransport vositalari (mototsikllar, motorolerlar, elektroskuterlar) uchun ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng burchagining yuqori tomonida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, quyi tomonida O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va UZ harflari.

- IAE tip – «**Ye» seriyali ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun yuridik shaxslarning mahkamlash joyi IYe tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil elektromobillariga beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va UZ harflari.

- IIIAE tip – «*Ye» seriyali ikki qatorli ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari elektr yurgizgichli yuk avtomobillar va avtobuslarga, shuningdek jismoniy shaxslarning mahkamlash joyi III tipdagi ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami gabaritlariga muvofiq bo‘lmagan yengil elektromobillariga orqa tomonga yoki old va orqa tomonga mahkamlash uchun beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining foni oq rangda, chetki qismi, raqami va harflari qora rangda. O‘ng tomonda quyida hududning kodi qora rangda va uning foni yashil rangda, O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i va UZ harflari.

O‘QING: O‘zbekistonda faqat elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!