PlayStation 5 taqdimotining aniq kuni ham ma’lum – endi ko‘p kutmaymiz!

  •   DiMaX
  •  716
  •  01.05.2020 14:25

PlayStation 5 taqdimotining aniq kuni ham ma’lum – endi ko‘p kutmaymiz!

Sony kompaniyasi PlayStation 5 konsolini e’lon qilganidan buyon uning ko‘rinishi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Saytimizda pristavkaning render videosi, shuningdek, konsolning va geympadning ilk «jonli» rasmlari, deyarli barcha xususiyatlari ham e’lon qilingan. Yana...

O‘QING: Sony nihoyat PlayStation 5 uchun DualSense geympadini taqdim etdi

PlayStation 5 hali ham rasman taqdim etilgani yo‘q, ammo Games Beat portaliga ko‘ra, geymerlar uchun hayajonli onlar yaqin qolgan. Mazkur nashr jurnalisti Jeffri Grabb yozishicha, yaponlar navbatdagi o‘yin pristavkasini shu yilning 4 iyun kuni namoyish qilishadi.

Ushbu ma’lumot Niko Partners kompaniyasi katta tahlilchisi Daniel Ahmad prognoziga ham mos keladi. U mazkur konsolning iyun oyi yarmiga yetmasdan taqdim etilishini aytgan edi.

Aytish kerakki, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli Sony bu boradagi rejalarini o‘zgartirishi ham mumkin. Hozircha esa PlayStation 4 pristavkalari uchun mashhur Hitman o‘yinining birinchi mavsumini bepul va butunlay olib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Epic Games ikkita – xorror va ekshen o‘yinni 7 maygacha tekin tarqatyapti (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!