Samsung uchta modeldagi flagmanlari egalarini xafa qiladigan bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  2341
  •  31.03.2020 16:23

Samsung uchta modeldagi flagmanlari egalarini xafa qiladigan bo‘ldi

Janubiy koreyalik texnogigant bir nechta rusumlardagi smartfonlarini One UI 2.1 grafik qobig‘igacha yangilayapti. Biroq avvalgi yillarda chiqqan flagmanlari ushbu apdeytdan benasib qolar ekan.

O‘QING: Samsung to‘rt xil Galaxy A smartfoniga Android 10 bazasidagi One UI 2.0 tarqatyapti

Samsung Community rasmiy forumi moderatoriga ko‘ra, korporatsiya o‘zining 2018 yilda taqdim etilgan flagmanlari uchun grafik qobiqni yangilashni rejalashtirmagan. Bular – Galaxy S9, Galaxy S9+ hamda Galaxy Note 9 modellaridir.

Odatda, rasmiy namoyishidan ikki yil o‘tgach, Samsung o‘z smartfonlariga yirik proshivkalarni tarqatishni to‘xtatadi. Ulardagi yangilanishlarda faqat xavfsizlik patchlari tarqatiladi va aniqlangan mayda nuqsonlar tuzatiladi.

Darvoqe, avvalroq turli smartfonsozlarning o‘z mahsulotlarini qanchalik uzoq muddatga texnik qo‘llab-quvvatlab borishi haqida ma’lumot berganmiz.

O‘QING: Yashirin kamerali birinchi Samsung smartfonini ilk bor yoqiq holida «jonli» ko‘ramiz!