«Uzcard» va «Mir» kobeyjing kartalari: plastik kartalarimiz endi Rossiya banklarida ham o‘tadigan bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1331
  •  30.03.2019 10:37

«Uzcard» va «Mir» kobeyjing kartalari: plastik kartalarimiz endi Rossiya banklarida ham o‘tadigan bo‘ladi!

Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro moliya-bank forumi doirasida mamlakatimizning «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ qo‘shma korxonasi va Rossiyaning «Mir» Milliy to‘lov kartalari tizimi o‘rtasida kelishuv imzolandi. Bu xususda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘QING: Samolyotlarimizda endi internet-to‘plamlar sotib olish mumkin, to‘lovi esa plastikdan!

«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MChJ qo‘shma korxonasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur uchrashuv «Uzcard» kompaniyasi va Rossiyaning «Mir» Milliy to‘lov kartalari tizimi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan. Unda to‘lovlarni ikkita to‘lov tizimida qabul qiladigan kobeyjing kartalarini muomalaga chiqarishga oid masalalar muhokama qilindi.

Uzcard – «Mir» kobeyjing kartalarini chiqarish uchun «Mir» Milliy to‘lov kartalari tizimidagi kartalarni to‘lov uchun qabul qilish kelishuvdagi muhim bandlardan biri bo‘ldi. Har ikki to‘lov tizimining o‘zaro hamkorligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik ishlar amalga oshirildi. Buning samarasida mamlakatimizda «Mir» tizimidagi to‘lov kartalaridan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi.

2019 yilning oxiriga qadar Uzcard to‘lov tizimidagi ishtirokchi-banklar infratuzilmasida «Mir» kartalarini qabul qilishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Kelgusida esa, o‘zbek plastik kartalarini Rossiya banklarida qabul qilishni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, yurtimizning Uzcard to‘lov tizimi «Mir» tizimidagi texnologiyalarni qo‘llashi, «Mir» to‘lov ilovasidan foydalangan holda kartalarni muomalaga chiqarishi ham mumkin.

O‘zbekistonda kobeyjing kartalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha dastlabki loyiha allaqachon Uzcard va UnionPay to‘lov tizimlari o‘rtasida muvaffaqiyatli amalga oshirilgandi.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Kobeyjing kartalari oddiy kartalardan nimasi bilan farq qiladi? Kobeyjing kartalarining eng asosiy o‘ziga xos jihati, ularda bir necha to‘lov tizimlaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligidadir. Bunday kartalarning old tomonida u qo‘llab-quvvatlaydigan to‘lov tizimlarining logotiplari bo‘ladi. Kobeyjing kartalarini muomalaga chiqarish uchun ikkita to‘lov tizimlari o‘zaro kelishuv imzolashi zarur. Shundan so‘ng banklar ularning tegishli to‘lov tizimlaridagi faoliyatini kafolatlagan holda bunday kartalarni muomalaga chiqaradi. Ayni damda har ikki tizim ham bitta karta hisobi bilan ishlaydi.

Kobeyjing kartalari foydalanuvchilarga ham, to‘lov tizimlari va ularni chiqarayotgan banklar uchun ham foydalidir. Birinchidan, kartadagi qo‘llab-quvvatlanadigan to‘lov tizimi Visa, MasterCard yoki UnionPay bo‘lsa, fuqarolar bunday kartalardan o‘z yurtlaridan tashqarida ham foydalanishlari mumkin. Bunda ortiqcha harakatlarni amalga oshirish talab etilmaydi. Faqat savdo shoxobchasi to‘lov tizimlaridan biri bo‘yicha ishlashiga ishonch hosil qilish kerak, xolos. Ikkinchidan, agar mamlakatda xorijiy to‘lov tizimlaridan biri ishlamay qolsa, mahalliy to‘lov tizimini qo‘llash imkoniyati saqlanib qoladi. Uchinchidan, karta egasi bitta kartadan foydalangan holda har bir to‘lov tizimidan foydalanish imtiyoziga ega bo‘ladi.

Bundan buyon O‘zbekiston va xorijda foydalanish uchun ikkita har xil kartalarni ochishga hojat yo‘q. Konversion kartalarni ochishga ham ortiqcha zarurat qolmadi. Foydalanuvchilar Internet do‘konlarda kobeyjing kartalar orqali xaridni amalga oshirishlari va uni xorijga ham olib chiqishlari mumkin. Kartaning magnit tasmasi tufayli kartani kartriderga yurgizish orqali to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi. Ayni paytda to‘lov chog‘ida parolni kiritish ham saqlanib qoladi.

O‘QING: Yangi – «Humo» milliy to‘lov tizimi apreldayoq ishga tushadi!