Volkswagen ID.3 elektromobili bitta quvvat bilan 531 km yo‘l bosdi

  •   DiMaX
  •  719
  •  29.08.2020 10:02

Volkswagen ID.3 elektromobili bitta quvvat bilan 531 km yo‘l bosdi

Nemislar elektromobili – Volkswagen ID.3 xetchbegi bir marta quvvatlantirish orqali 531 km yo‘l bosishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich modelning rasman e’lon qilingan 420 km masofadan 111 km ortiq. Bu haqda 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida olmon brendi ma’lum qildi, deb yozadi Xabar.uz.

O‘QING: Tesla’ning kutilmagan kushandasi: Sony o‘z elektromobilini yo‘lga chiqardi (+video)

Xetchbek Germaniyaning Svikkau shahridan yo‘lga chiqib, Shveysariyaning Shaffxauzen shahrida to‘xtagan. Taxminan soatiga 56 km tezlik bilan harakatlangan avtomobil 9 soat yo‘l yurgan.

Yo‘lning taxminan 44 foizi avtotrassa, qolgan qismi esa qishloq ko‘chalaridan iborat bo‘lgan.

Volkswagen ID.3 avtomobili 204 ot kuchiga ega elektr motor bilan jihozlangan. Xetchbek turgan joyidan 7,3 soniyada tezligini soatiga 100 km.gacha oshirishi mumkin. Maksimal tezligi 160 km/soatni tashkil etadi.

O‘QING: Oddiy fuqaro nega birdaniga 27 dona Tesla elektromobili sotib oldi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.