2018 yilning eng zo‘r flagmanlarini o‘zaro taqqoslaymiz

  •   DiMaX
  •  2571
  •  30.03.2018 17:05

2018 yilning eng zo‘r flagmanlarini o‘zaro taqqoslaymiz

Keyingi bir oycha vaqt ichida turli kuchli smartfonsozlar o‘zlarining yangi modellarini taqdim etishdi. Shulardan Samsung Galaxy S9 Plus, Sony Xperia XZ2, Xiaomi Mi Mix 2s hamda Huawei P20 Pro flagmanlarining turli jihatlarini o‘zaro qiyoslab ko‘rishga qaror qildik.

O‘QING: OnePlus 5, Mi6, iPhone 7+, Galaxy S8: flagmanlarga xos 6 jihatni taqqoslaymiz

Yuqorida sanab o‘tilgan modellar – 2018 yilning hozirgacha taqdim etilganlari orasida eng yaxshilaridan hisoblanadi. Ular so‘nggi trendlarga ko‘ra yupqa romli ajoyib displey bilan jihozlangan va yuqori darajada samaradorlikka ega. Chunki barchasi ayni vaqtdagi eng kuchli mobil protsessorlar bazasida ishlaydi.

To‘g‘ri, bulardan bittasini boshqalaridan ustun qo‘yish qiyin – har biri biror jihatiga ko‘ra boshqalaridan yaxshi. Shuningdek, foydalanuvchilar smartfon tanlashda o‘zlari ishongan brend modellariga ko‘proq moyillik bildirishadi. Ammo keling, shu to‘rtta kompaniyaning flagmanlari xususiyatlarini bitta jadvalda o‘zaro qiyoslab ham ko‘raylik-chi. Balki shulardan qay birini olishni o‘ylab ikkilanayotganlar ham bordir...

Galaxy S9 Plus

Xperia XZ2

Xiaomi Mi Mix 2s

Huawei P20 Pro

Korpusining o‘lchami (balandligi×eni×qalinligi) va vazni

158.1×73.8×8.5 mm; 189 g

153×72×11.1 mm; 198 g

150.9×74.9×8.1 mm; 191 g

155×73.9×7.8 mm; 174 g

Operatsion tizim talqini

Android 8.0

Android 8.0

Android 8.0

Android 8.1

Ekranining o‘lchami, piksel sig‘imi va turi

6,2 dyuym, 1440×2960, Super AMOLED

5,7 dyuym, 1080×2160, IPS LCD

5,99 dyuym, 1080×2160, IPS LCD

6,1 dyuym, 1080×2240, OLED

Protsessor va grafik tezlatgichi rusumi

8 yadroli Exynos 9810; Mali-T72 MP18

8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845; Adreno 630

8 yadroli Qualcomm Snapdragon 845; Adreno 630

8 yadroli Kirin 970; Mali-G72 MP12

Tezkor, doimiy va qo‘shimcha xotirasi

6 GB + 64 GB; microSD sloti bor

4 GB + 64 GB; microSD sloti bor

6 GB + 64 GB

6 GB + 128 GB

Akkumulyator sig‘imi

3500 mA/soat

3180 mA/soat

3400 mA/soat

4000 mA/soat

Kamera xususiyatlari

12 MP (f/1.5−2.4) + 12 MP (f/2.4); old kamera: 8 MP; LED-chaqnoq, 4K UHD-video

19 MP (f/2.0); old kamera: 5 MP; LED-chaqnoq, 4K UHD-video

12 MP (f/1.8) + 12 MP (f/2.4); old kamera: 5 MP; LED-chaqnoq, 4K UHD-video

40 MP (f/1.8) + 20 MP (f/1.6) + 8 MP (f/2.4); old kamera: 24 MP; LED-chaqnoq, 4K UHD-video

Tarmoq xususiyatlari

4G LTE, 3G, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac; ikkita Sim-karta (opsiya)

4G LTE, 3G, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac; ikkita Sim-karta (opsiya)

4G LTE, 3G, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac; Dual Sim

4G LTE, 3G, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac; Dual Sim

Simsiz aloqa va portlari

GPS; Bluetooth 5.0; NFC; USB Type-C; quloqchin tirqishi

GPS; Bluetooth 5.0; NFC; USB Type-C;

GPS; Bluetooth 5.0; NFC; USB Type-C;

GPS; Bluetooth 4.2; NFC; USB Type-C;

Boshqa xususiyatlari

Barmoq izi skaneri; ko‘z yoyi skaneri; stereodinamik; simsiz quvvatlash; suvdan himoya (IP68)

Barmoq izi skaneri; dinamik vibratsiya; stereodinamik; simsiz quvvatlash; suvdan himoya (IP68)

Barmoq izi skaneri; yuzni tanish tizimi; simsiz quvvatlash

Barmoq izi skaneri; yuzni tanish tizimi; stereodinamik; suvdan himoya (IP67)

Mana, ularning asosiy xususiyatlari shulardan iborat. Texnik ta’minot kuchliligi bo‘yicha Huawei P20 Pro hamda Galaxy S9 Plus modellarining «qo‘li baland» kelayotgan bo‘lsa, narx va sifat uyg‘unligi borasida Xiaomi Mi Mix 2S eng ma’qul tanlovdir.

O‘QING: Smartfonlarni solishtiramiz: Huawei P8 Lite (2017) va Xiaomi Redmi 4X

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.