3D-printerda tarixdagi eng yirik ob’yektni chop etishdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  751
  •  14.10.2019 12:08

3D-printerda tarixdagi eng yirik ob’yektni chop etishdi! (+video)

Keyingi yillarda 3D-printer yordamida turli buyumlar ishlab chiqarish ommalashgan. Jumladan, braziliyalik erkakning yuzini tiklashda undan foydalanilgani, isroilliklar esa 3D-printerda odam to‘qimasidan jonli yurak chop etishgani haqida yozganmiz.

O‘QING: TATU o‘qituvchi va talabalari 3D-printer orqali harakatlanadigan maxsus robot yaratdi

Amerikaliklar endi vazni 2,2 tonna, uzunligi salkam yetti metrlik kemani 3D-printer orqali chop etishdi. Bu – insoniyat tarixida shu kungacha mazkur usulda ishlab chiqarilgan eng yirik ob’yektdir.

Tajriba AQShning Men shtati universitetidagi Ilg‘or tuzilmalar markazida bo‘lib o‘tdi. Buning uchun muhandislar dastlab eng yirik polimer 3D-printer prototipini yaratishdi, keyin esa unda kemani chop qilishdi.

Bularning barchasi uchun 72 soat vaqt ketgan, ammo quyidagi videoda bu jarayonni tezlashtirilgan rejimda ko‘rishingiz mumkin:

Aytish kerakki, 7 metrlik kema – hali ushbu 3D-printer imkoniyatlarining bir qismi, xolos. Mazkur qurilma yordamida uzunligi 30 metrgacha, eni 6,7 metrgacha, balandligi esa 3 metrgacha bo‘lgan ob’yektlarni chop etish mumkin.

O‘zbekistonda hali bu kabi texnologiyalar unchalik rivojlanmagan, qog‘ozga chop etuvchi turli printerlarni esa 845 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz internet-do‘konimizdan xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Video: Olimlar 300 million yillik jonivorni «tiriltirishdi»!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.