5 kamerali ekan: Nokia’ning eng qimmat smartfoni

  •   Saroy
  •  1874
  •  07.09.2018 11:09

5 kamerali ekan: Nokia’ning eng qimmat smartfoni

Nokia monstruozli kamera, ya’ni bir yo‘la 5 ta ob’yektli smartfonini chiqarayotgani haqda internet tarmoqlarida  anchadan buyon xabarlar yuribdi. Endi esa uning ilk suratlari oshkor etildi. Shu vaqtgacha biz uchun sirli bo‘lib kelayotgan qurilma, chamasi, uzoq kutilayotgan Nokia 9 bo‘lsa kerak.

Dizayni  haqida suratiga qarab biror narsa deyish qiyin, chunki faqat beshta kameradan iborat bo‘lgan katta modul ko‘rinib turibdi. Yana chaqnog‘i va qandaydir sensorlarni ham payqash mumkin. Orqa paneli shishadan qilingan bo‘lsa kerak.

O‘QING:Nokia yana bir afsonaviy brendni «tiriltirmoqchi»

Smartfon korpusida nakleyka bor, Unda model raqami  — TA-1094 ko‘rsatilgan. Nokia 9 haqida qolgan ma’lumotlar sir tutilmoqda, hatto qurilmaning rasman qachon taqdim etilishi ham hozircha ma’lum emas. Ammo shuni ishonch bilan aytish mumkinki, mazkur model kompaniyaning eng qimmat smartfoni bo‘ladi.

Shu vaqtgacha  Nokia’ning eng qimmat smartfoni faqat 7 Plus hisoblanar edi. Chunki Nokia 8 allaqachon eskirgan edi,  Nokia 8 Sirocco esa rasman sotilmayapti.

O‘QING:Ilovalar bozori: bu yerda ham haqiqiy jang ketmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.