AliExpress’da «Bo‘ydoqlar kuni»da katta chegirma bilan sotiladigan noutbuk va smartfonlar

  •   DiMaX
  •  4516
  •  08.11.2017 16:46

AliExpress’da «Bo‘ydoqlar kuni»da katta chegirma bilan sotiladigan noutbuk va smartfonlar

Bugungi kunda Xitoy madaniyati bilan yaxshi tanish bo‘lmaganlar ham mazkur mamlakatda 11 noyabr sanasida «Bo‘ydoqlar kuni» nishonlanishini eshitgan bo‘lsalar kerak. Bu sana aslida dunyo bo‘yicha «Butunjahon shoping kuni» ham hisoblanadi.

Shu kuni «Osmon osti saltanati»dagi barcha do‘konlar, bozorlar va savdo markazlarida hayot qaynaydi: turli chegirmalar va aksiyalar joriy etiladi... Shu qatori, mashhur AliExpress onlayn savdo maydonchasida ham ayni o‘sha kuni arzonlashtirilgan narxlarda sotiladigan tovarlar ko‘p. Katta chegirma bilan sotiladigan smartfon, planshet va kompyuterlar haqida avvalroq ham xabar berganmiz.

Bugungi tavsiyalarimiz ham aynan shu – faqat «Bo‘ydoqlar kuni»dagina amalda bo‘ladigan chegirma asosida sotiluvchi gadjetlarga aloqador. Marhamat, ular bilan tanishing, har biridagi tegishli havola orqali o‘tib, xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqing. Ko‘nglingizga yoqqanlarini esa belgilab qo‘ying-da, uning uchun ayni 11 noyabrda onlayn buyurtmani rasmiylashtiring – shundagina ularni katta chegirma bilan xarid qilasiz.

Qani, ketdikmi?

1. Meizu Pro 7 smartfoni

Ikkita ekranli mazkur smartfon mashhur AnTuTu benchmarkida Galaxy S8 bilan bir xil ball to‘plagan. Bu devays Mediatek Helio P25 protsessoriga, 4/64 GB xotiraga, 5.2 dyuymli Super AMOLED ekranga hamda qo‘shaloq sensorli asosiy kameraga ega. Uning batafsil tavsifi bilan mana bu maqolamizda tanishishingiz mumkin.

Hozirda 299.99 – 393.20 AQSh dollari miqdorida narx belgilangan Meizu Pro 7 modeliga «Bo‘ydoqlar kuni»da yana chegirma e’lon qilinadi, ammo o‘sha kuni aynan qancha arzonlatib sotilishi hozircha sir tutilmoqda. Uning xususiyatlari bilan tanishish va buyurtma berish-bermaslik borasida bir qarorga kelish uchun, ushbu havola orqali AliExpress’dagi sahifasiga o‘ting.

2. Bluboo S8 smartfoni

«Xitoycha Galaxy S8» deb ham yuritiladigan bu qurilmaga MediaTek MT6750T protsessori va Mali-T860 MP2 grafik tezlatgichi o‘rnatilgan. Tezkor/doimiy xotirasi 3/32 gigabayt hajmda. Ushbu smartfonning 5 ta ajoyib funksiyasi hamda maxsus videoroligi bilan mana bu maqolamizda tanishsangiz bo‘ladi.

Ayni damda AliExpress’da 143.99 – 165.59 dollardan sotilayotgan ushbu devaysga ham 11 noyabrda yana chegirma e’lon qilinadi. Undan bexabar qolmaslik hamda Bluboo S8 smartfonining xususiyatlarini batafsil ko‘rib chiqish uchun mana bu havola orqali o‘ting.

3. Xiaomi Mi A1 smartfoni

Xiaomi va Google hamkorligida ishlab chiqilgan mazkur devaysning kamerasi xuddi iPhone 7 Plus'niki kabi sifatli suratga oladi. Mazkur mobil telefonning boshqa modellardan eng katta farqi – u ishlab chiqaruvchining MIUI proshivkasi emas, Google'ning Android One tizimiga ega bo‘ladi va Google'dan yangilanishlarni muntazam olib turadi. Umuman, mazkur ishlab chiqaruvchining barcha smartfonlari qatori Mi A1 ham ishonchni to‘liq oqlaydi.

Onlayn savdo maydonchasida hozirda 213.99 – 330.99 dollardan sotilayotgan Xiaomi Mi A1 smartfoni uchun «Butunjahon shoping kuni»da belgilanadigan chegirmani bilish, uning turli jihatlari bilan tanishish va chegirmalar bilan sotib olish uchun mana bu havola orqali AliExpress’ga o‘tishingiz mumkin.

4. Xiaomi Redmi 4X smartfoni

«Xitoylik Apple»ning global proshivkaga, 3/32 gigabayt xotiraga, Snapdragon 435 protsessoriga ega smartfoni. Ikkita SIM-karta bilan va 4G tarmog‘ida ishlaydi, barmoq izi skaneri bor. Uning batafsil tavsifi mana bu maqolamizda berilgan.

Xiaomi Redmi 4X smartfonini hozirda 122.83 – 193.19 dollardan sotishyapti. Uning barcha xususiyatlari hamda «Bo‘ydoqlar kuni»dagi chegirmalari bilan tanishish uchun ushbu havola yordamida tegishli sahifaga o‘ting.

5. Doogee HOMTOM S16 smartfoni

Diagonaliga 5.5 dyuymli, tomonlari nisbati 18:9 ga teng romsiz ekranga ega smartfon. To‘rt yadroli MT6580 protsessori bazasida ishlaydi, tezkor va doimiy xotirasi 2/16 gigabaytga teng.

Bugungi kunda atigi 69.99 – 89.99 dollardan sotilayotgan mazkur qurilmaning barcha xususiyatlari bilan tanishish hamda 11 noyabrda unga buyurtma berishni rejalashtirish uchun mana bu havola orqali AliExpress saytiga o‘tib ko‘ring.

6. Blackview A9 PRO smartfoni

5 dyuymli Full HD-ekranga ega bo‘lgan ushbu qurilma MTK6737 protsessori bazasida faoliyat ko‘rsatadi. Qo‘shaloq ob’yektivli asosiy kamera, barmoq izi skaneri hamda Type-C portini uning yutuqlari qatoriga kiritish mumkin. 2/16 gigabayt hajmli xotirasi mavjud.

Blackview A9 PRO modeli uchun AliExpress’da hozir 115.99 – 135.99 dollar narx belgilangan. «Bo‘ydoqlar kuni» munosabati bilan uni yanada arzon olish yoki barcha xususiyatlari bilan tanishish uchun ushbu havola orqali uning sahifasiga o‘tsangiz bo‘ladi.

Xiaomi Mi Notebook Air 13.3 noutbuki

«MacBook kushandasi» deya ta’riflanadigan mazkur laptopning tavsifini mana bu maqolamizda o‘qishingiz mumkin. Windows 10 operatsion tizimida ishlaydigan Mi Notebook Air ultrabuki hatto Apple’ning MacBook Air’ida mavjud bo‘lmagan yangi jihatlar bilan boyitilgan.

Bu noutbuk uchun hozirda 953.40 – 1,010.16 dollar narx belgilangan. Uning xususiyatlarini ko‘rib chiqish hamda «Butunjahon shoping kuni»da chegirma bo‘yicha xarid qilish uchun ushbu havola orqali o‘tish mumkin.

Agarda siz ham mazkur onlayn savdo platformasi orqali biror nima xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, buning yo‘l-yo‘rig‘i bilan quyidagi maqolamizda tanishib chiqishingiz mumkin:

AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtiriladi

Marhamat, sizga omadli xaridlar tilaymiz!

O‘QING: «Terabayt.uz» AliExpress’dan tovarlarni yetkazib bera boshladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.