Android uchun Telegram 4.8.5 talqinida zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2767
  •  23.03.2018 12:56

Android uchun Telegram 4.8.5 talqinida zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

Garchi shu kunlarda Telegram jamoasi qiyin vaziyatga tushib qolgan bo‘lsa-da, messenjerni takomillashtirishdan to‘xtashmayapti. Jumladan, kuni kecha uning kompyuterlarda qo‘llanadigan kliyenti yangilangan edi.

O‘QING: Telegram Desktop’ning 1.2.14 talqini: yangi imkoniyatlardan bahra oling!

Endi esa Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalar uchun yangilangan Telegram 4.8.5 talqini ham taqdim etildi. Unda «yashil robotchali» gadjetlar sohiblari quyidagi imkoniyatlardan foydalana oladilar:

1. Emodzi orqali stikerlar qidirsa bo‘ladi

Ko‘pincha shunday holatga duch kelamiz: Telegram’imizda o‘rnatilgan stikerlar ko‘pligidan, zarur paytda keraklisi topilmay qolishi mumkin. Endi esa Android foydalanuvchilari uchun bu jarayon osonlashdi: matn terish maydonchasiga kerakli smayl (emodzi)ni kiritsangiz, ilova unga mos stikerlarni taklif qiladi.

2. Ortiqchalarini o‘chirib ko‘yish mumkin

Quvonarlisi – smayl bo‘yicha stiker izlashda Telegram nafaqat o‘zingiz o‘rnatib olgan to‘plamlardagi, balki umuman shu emodziga mos keluvchi boshqa ommabop stikerlarni ham ko‘rsatadi. O‘zingizda o‘rnatilmagan stikerlarni taklif etish funksiyasini esa ilova sozlamalaridan o‘chirib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

3. Kerakli so‘z yordamida stiker izlay olasiz

Endi Telegram’dagi yozishmadan chiqmay turib ham, biror so‘zga bog‘liq stikerlarni izlab topa olasiz. Buning uchun stikerlar paneliga o‘tib, uni pastga silasangiz, uning tepasida qidiruv qatori ochiladi. O‘sha yerga kerakli so‘zni yozsangiz, shu so‘zga bog‘liq stikerlarni taklif qiladi. Emodzilar bilan izlashdagi kabi, bunda ham o‘zingiz o‘rnatgan paketdagi yoki umuman messenjerda ommabop bo‘lgan stikerlar ko‘rsatiladi. Masalan, quyidagi skrinshotda «cat» so‘rovi bo‘yicha bir nechta stiker hamda «mushuk» so‘ziga aloqador stiker to‘plami taklif qilinmoqda.

4. Bir necha fotosuratni bitta albom qilish imkoni bor

Multifoto rejimi yordamida endi Telegram ilovasi orqali birdaniga ketma-ket bir nechta bor suratga  tushirib, albom shaklida yubora olasiz. Buning uchun, ilova orqali suratga tushiring va uni jo‘natmay turib, yonidagi «+» belgisiga bosing. Yana kamera ochiladi va tag‘in rasmga olib, oxirida barchasini bitta albom qilib yuborishingiz mumkin.

Agarda allaqachon Telegram messenjeridan foydalanayotgan bo‘lsangiz, uni yangilab ko‘ring. Bordiyu qurilmangizda bu ilova yo‘q bo‘lsa, mana bu havola orqali uni Google Play katalogidan o‘rnatib olishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’ni bloklashmoqchi, vaziyat jiddiy!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!