Android uchun Telegram X yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

  •   DiMaX
  •  2359
  •  25.01.2018 07:04

Android uchun Telegram X yangilandi, o‘zgarishlar bilan tanishing!

Dastlab Apple qurilmalari uchun Telegram X, keyinroq esa Android-devayslar uchun Challegram ilovalari taqdim etilgan edi. Kuni kecha esa Challegram yangilanib, nomi ham «Telegram X»ga o‘zgarganidan xabaringiz bor.

O‘QING: Xushxabar: Android uchun ham Telegram X taqdim etildi!

Buni qarangki, Telegram X’ning o‘zi kabi, uning ishlab chiquvchilari ham tezkor ekan – darhol ilovaning yangi talqinini taqdim etishdi! Ayni damda mazkur messenjerning Android-kliyenti 0.20.4.749 versiyasigacha yangilangan.

Telegram X’ning mazkur talqinida quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilgan:

  1. To‘liq yuklanib ulgurmagan audiofayllarning ijro nuqtasini surish (peremotka) yaxshilangan.
  2. Joriy ovozli xabarda ham peremotka qilish mumkin.
  3. Ovozli xabarlarning tinglash indikatori qo‘shilgan.
  4. Chatdagi narsalarni ulashish davomida qidiruvda yuz beradigan kutilmagan uzilishlar bartaraf etilgan.
  5. Ayrim ssenariylarda loyihani saqlash to‘g‘rilangan.
  6. Original kliyentdagi kabi, emoji’larni qidirish funksiyasi qo‘shilgan: nomini yoza boshlashingiz bilan ilova sizga variantlarni taklif etadi.
  7. Birinchi ishga tushirish jarayoni yaxshilangan.
  8. Ko‘plab boshqa yaxshilashlar amalga oshirilgan.

O‘zining Android-gadjetida tezkor Telegram X messenjerini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uni o‘rnatish uchun, o‘rnatganlar esa yangilash uchun mana bu havola orqali Google Play katalogiga o‘tishlari mumkin.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!