Apple iyunda iPhone SE 2’ni ko‘rsatmoqchi emas. Buning jiddiy sababi bor

  •   DiMaX
  •  1189
  •  15.05.2018 12:15

Apple iyunda iPhone SE 2’ni ko‘rsatmoqchi emas. Buning jiddiy sababi bor

iPhone SE smartfonining ikkinchi avlodi haqida turli-tuman ma’lumotlar, rasmlari va videolari tarqalganidan xabaringiz bor. Hatto uning namoyish sanasi haqida ham xabar berishgan.

O‘QING: iPhone SE 2: «jonli» suratlar, aniq o‘lchamlari va taqdimot kunigacha ma’lum bo‘ldi!

Ammo Masotakara resursi xabariga ko‘ra, kupertinolik korporatsiya joriy yilning iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC 2018 ko‘rgazmasida iPhone SE 2 modelini namoyish etmaydi. Nashrning ta’kidlashicha, bu ayfonning taqdimoti ham sentyabr oyiga ko‘chirilgan.

Insayderlar bergan yangi ma’lumotlarga qaraganda, Apple hali iPhone SE 2 modelini ommaviy ishlab chiqarishni boshlagani ham yo‘q. Xaridorlarning talablarini qondirish uchun, sentyabrda taqdim etiladigan mazkur modelni iyun-iyul oylarida ishlab chiqara boshlashadi.

Shuningdek, nashrning ta’kidlashicha, iPhone SE 2 modelining yakuniy dizayni ham hali tasdiqlangan emas. Bu smartfon Face ID tizimiga, shisha korpus va simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega bo‘lishi kutilmoqda.

Qiziq, unda shu paytgacha iPhone SE 2 deya ko‘rsatilib kelgan smartfonlar haqida nima deyish mumkin? O‘ylaymizki, tez kunlarda bu masalalarga oydinlik kiritiladi, voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

O‘QING: iPhone SE 2 smartfonini, nihoyat, «jonli» videoda ham ko‘rsatishdi!