Apple rahbari: Rossiya biz uchun zaif bozor

Apple rahbari: Rossiya biz  uchun zaif bozor

- Rossiya bizning mahsulotlar uchun zaif bozor,- deydi Apple korporatsiyasi rahbari Tim Kuk Reuters nashriga bergan intervyusida.

Tim Kukning fikriga qaraganda, bir qator rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida ba’zi makroiqtisodiy kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan, Brazilya, Hindiston va Turkiyada ham kompaniya mahsulotlari uchun bozor yaxshi emas.

O‘QING: Apple Watch: vaqt, muloqot va sog‘lik innovatsion nazorat doirasida

O‘tgan haftada Apple o‘zining moliyaviy hisobotlarini e’lon qilgan edi. Unda kompaniyaning yillik daromadi 62,9 AQSh dollari bilan 20 % ga oshganligi aytilgan. Ta’kidlash joizki, ushbu davr mobaynida kompaniya mutaxassislar kutganidan kamroq natijada, ya’ni 46,9 mln. iPhone sotgan.

Bundan tashqari, Apple birinchi moliyaviy chorakda, ya’ni yangi yil bayrami arafasida daromadi 89-93 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi aytilmoqda.

O‘QING: KUTILMAGAN VIDEO: 2018 yilgi eng arzon iPhone eng qimmat va qudratli Samsung flagmanini «yer tishlatdi»!