Apple talabiga ko‘ra, Telegram iOS’dan o‘yinlarni olib tashladi

Apple talabiga ko‘ra, Telegram iOS’dan o‘yinlarni olib tashladi

Telegram messenjerining iOS operatsion tizimiga mo‘ljallangan yangi talqinidan HTML5 ochiq kodli dasturlash platfomasida yozilgan o‘yinlar olib tashlandi. Bu o‘yinlar uchun chat oynasi ochilib, ularni messenjerning ichida o‘ynash mumkin bo‘lardi. Endi ular uchun Safari brauzerining alohida sahifasi ochiladi.

Telegram xizmatida o‘yinlar 2016 yilning so‘ngida paydo bo‘lgan edi. HTML5 tilida yozilgan o‘yinlar foydalanuvchining so‘roviga ko‘ra, odatiy veb-sahifa ko‘rinishida ochilardi. Ya’ni, ular qurilma xotirasini band qilmagan. Bu o‘yinlarni Apple’ning iPhone 4’dan keyingi smartfonlarida, shuningdek Android 4.4’dan yuqori tizimlarda o‘ynash mumkin.

Ishlab chiqaruvchilarning fikriga ko‘ra, Apple qarori Telegram’ning iOS-versiyaisida HTML5 tilida tatbiq qilingan WebView tarkibiy qismi bilan bog‘liq. Bu komponent Telegram’ga yangi kontentni Apple bilan kelishmasdan turib ham o‘zgartirish imkonini beradi. Apple esa buni xohlamaydi, albatta.

Misol uchun, bugungi o‘yinlar foydalanuvchining geografik joylashuv manzilini bilib berishi mumkin. Buning uchun esa, Telegram emas, Apple javobgar bo‘ladi.

Shuningdek, WebView orqali Telegram orqali to‘lovni amalga oshirish ham mumkinligi Apple’ga malol kelgan bo‘lishi mumkin. Boisi, “Olma”ning o‘zi ham unga foyda keltirib turgan shaxsiy to‘lov tizimiga ega.

Telegram asoschisi Pavel Durovning ma’lum qilishicha, Apple messenjerdan HTML5-o‘yinlarini olib tashlashni talab qilgan. Aks holda, Telegram’ni App Store do‘konidan o‘chirib tashlashni aytib, po‘pisa qilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!