Apple yana kamalakrang logotipni qo‘llaydi

  •   DiMaX
  •  1545
  •  21.02.2018 10:51

Apple yana kamalakrang logotipni qo‘llaydi

Kupertinolik korporatsiyaning ilk logotipi 1976 yilda ishlab chiqilgan, unda olma daraxtida o‘tirgan ser Isaak Nyuton tasvirlangan bo‘lgan. Logo ostiga «Faqat idrok tafakkurning taajjubli dengizida mangu suzadi», degan yozuv tushirilgan. Stiv Jobs 1977 yilda Rob Yan ismli dizaynerdan soddaroq logotip tayyorlashini so‘raydi va u tishlangan olma shaklidagi kamalak rangli logotip yasab beradi.

O‘QING: Apple "olmasi" nega "tishlangan"ini ko‘pchilik bilmaydi

Oltita rangdan iborat emblema to 1997 yilgacha – birinchi iPhone taqdim etilgunicha qo‘llangan. Kecha ma’lum bo‘lishicha, Apple yana o‘sha – kamalak rangidagi logotipni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bergan. Lekin, hujjatda yozilishicha, bu logotip texnik qurilmalarda paydo bo‘lmaydi. U turli aksessuarlar va kiyimlarda, masalan – shapkalar va kepkalarda qo‘llanadi.

Phonearena mutaxassislariga ko‘ra, Apple rmmaviy ravishda kiyim-kechak ishlab chiqarishga kirishmoqchi emas. Balki, kompaniyaning yangi kampusi – Apple Park’da sotiladigan suvenir mahsulotlarining turi va miqdorini ko‘paytirishga harakat qilmoqda. Shuningdek, u yerda kamalak rangli logotip tushirilgan turli kiyim-kechak mahsulotlari ham sotiladi.

O‘QING: Apple’ning unutilgan 10 mahsuloti + bonus

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.