Asus ZenFone 6’ning ilk egizaklari namoyish qilindi, birining ekranida teshigi bor

  •   Saroy
  •  728
  •  29.10.2018 11:02

Asus ZenFone 6’ning ilk egizaklari namoyish qilindi, birining ekranida teshigi bor

Internetda Asus ZenFone 6 flagman smartfonining suratlari paydo bo‘ldi. Ular uch xilda chiqmoqda. Har biri old kamerasining joylashuvi, romlarining o‘lchami va orqa qopqog‘ining dizayni bilan bir-biridan farq qiladi. Ularning birida Samsung Galaxy A8s’dagiga o‘xshab hatto ekranida teshik ham bor.

O‘QING: Asus Zenfone Max (M2) va Zenfone Max Pro (M2) smartfonlarini namoyish qilishga hozirlanmoqda

Boshqa modellarida old kamera  unchalik katta bo‘lmagan qirqma ko‘rinishda. Biri o‘rtada, ikkinchisi o‘ng burchakka yaqinroq.

Ammo Asus ZenFone 6’ning o‘zi haqida batafsilroq ma’lumotlar hozircha yo‘q. Ehtimol, bu uchta muqobil apparatlar bir lineykadagi turli modellardan iboratdir. Flagman, masalan, uchtalik kmarega ega bo‘ladi va o‘rtasida qirqmasi ham bor, qolganlari arzonroq modellar. Endi anonsni kutish kerak, o‘shandagina batafsilroq ma’lumotlar bilan tanishsa bo‘ladi.

O‘QING: 8/128 GB xotirali ASUS ZenFone Ares smartfoni atigi 330 dollarga baholandi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!