Barqaror MIUI 9.5’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  2460
  •  23.03.2018 11:32

Barqaror MIUI 9.5’gacha yangilanuvchi Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi kompaniyasi yaqinda o‘z smartfonlari uchun MIUI 9.5 proshivkasining barqaror talqinini taqdim etgan edi. Endi esa «xitoycha Apple» smartfonlari uchun mazkur yangilanish bosqichma-bosqich tarqatila boshladi.

O‘QING: Nihoyat, MIUI 9 barqaror talqinini barcha qurilmalarga yuklab olish mumkin

MIUI 9.5 talqini juda ko‘plab yangi funksiyalarni, yaxshilashlarni o‘z ichiga olgan. Androidcentral sayti xabariga ko‘ra, jami o‘ttizdan ortiq modeldagi Xiaomi smartfonlari MIUI 9.5 talqinidagi yangi proshivkani qabul qiladi. Bu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, ayrim qurilmalar shu oyning oxiridayoq yangi proshivkaga ega bo‘ladi.

Xullas, mart oyining oxirigacha barqaror MIUI 9.5 proshivkasini oluvchi modellar quyidagilardir:

  1. Redmi Note 3 Special Edition;
  2. Redmi Note 3 (Qualcomm);
  3. Redmi Note 4 (Qualcomm i MediaTek);
  4. Redmi Note 4X;
  5. Mi Max;
  6. Mi Max Prime;
  7. Redmi 4 Prime;
  8. Redmi 4A;
  9. Redmi 3S.

Aprelning boshida esa mana bu smartfonlar uchun MIUI 9.5 tarqatiladi:

  1. Redmi Note 5 Pro;
  2. Redmi Note 5;
  3. Mi Max 2;
  4. Mi5;
  5. Mi6;
  6. Mi Mix 2;
  7. Redmi Note 5A/5A Prime;
  8. Redmi Y1/Y1 Lite;
  9. Redmi 5A;
  10. Redmi 5 Plus;
  11. Redmi 5;
  12. Redmi 4X.

Yangilanishlarning uchinchi bosqichi aprel oyi o‘rtalarida bo‘lib, ushbu modellarni o‘z ichiga oladi:

  1. Mi Note 2;
  2. Mi Note 3;
  3. Mi5S;
  4. Mi5S Plus;
  5. Mi3;
  6. Mi4;
  7. Mi Mix;
  8. Redmi Note 2;
  9. Redmi 3;
  10. Redmi 4.

Xo‘sh, siz ham Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Unda yangilanishlarni tekshirib ko‘ring!

O‘QING: Xiaomi smartfonlarida MIUI 9’ning ajoyib funksiyasini faollashtiramiz (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!