Beeline o‘zining yangi musiqiy xizmatini ishga tushirdi

Beeline o‘zining yangi musiqiy xizmatini ishga tushirdi

Beeline yangi raqamli mahsulot - Beeline Music musiqiy xizmatini ishga tushirdi. Kuniga bor-yo‘g‘i 499 so‘m evaziga mazkur platforma musiqiy kutubxonaga cheksiz kirish va oflayn rejimda tinglash uchun qo‘shiqlarni saqlash imkonini beradi. Endi sevimli musiqani mobil Internet uchun mablag‘ sarflamasdan tinglash mumkin.

15 millionga yaqin treklarga ega bo‘lgan to‘liq ma’lumotlar bazasiga qo‘shimcha ravishda Beeline Music musiqani turli kayfiyat uchun moslashtiradigan qulay ijro ro‘yxatlariga ega. Ijro ro‘yxatingizni yarating, internet-trafikni sarflamasdan sevimli qo‘shiqlarni tanlang, tinglang va yuklab oling.

Kuniga 499 so‘mlik obuna evaziga foydalanuvchilar yuqori sifatli litsenziyalangan musiqadan cheklovsiz foydalanish imkoniga ega bo‘ladilar.

Beeline Uzbekistan‘ning Mijozlarga Xizmat ko‘rsatish direktori G‘ayrat Mahkamov yangi xizmatning ishga tushirilishini izohlar ekan, kompaniya foydalanuvchilarda yuqori sifatli litsenziyalangan musiqaga bo‘lgan katta qiziqish borligini ta’kidladi.

«Hamkorlarimiz yordamida Beeline Music nafaqat striming xizmatini yaratishni, balki foydalanuvchilarga o‘z sevimli treklarini do‘stlar bilan baham ko‘rish imkonini beradigan musiqiy ijtimoiy tarmoq yaratishni rejalashtirgan».

Loyiha Rossiyaning "Enaza Dev" LLC - dunyodagi ko‘pgina mamlakatlarda telekom-bozor uchun amaliy dasturlar ishlab chiqishda katta tajribaga ega bo‘lgan kompaniya qarorlari bazasi asosida ishga tushirildi.

Beeline Music ilovasini yuklab olish uchun *9# terish lozim.

Eslatib o‘tamiz, Beeline aprel oyining o‘rtalarida video-kontentga obuna bo‘lgan holda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan Beeline TV yangi avlod onlayn-kinoteatrini ishga tushirgan edi.

O‘QING: Mudofaa vazirligi IIV uchun mobil ilova yaratdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!