Bitkoin 1000 dollarga arzonlashdi, kriptovalyutalar narxi yana tushishda davom etmoqda!

  •   DiMaX
  •  598
  •  21.11.2018 10:17

Bitkoin 1000 dollarga arzonlashdi, kriptovalyutalar narxi yana tushishda davom etmoqda!

Keyingi kunlarda kriptovalyutalar bozorida yana keskin pastlash sezilmoqda. Jumladan, bitkoin narxi o‘tgan yilning oktyabridan beri ilk bora 5000 AQSh dollaridan pastga tushdi.

O‘QING: Google rahbarining hatto 11 yashar o‘g‘li ham kriptovalyuta topyapti!

Umuman olganda, bitkoin narxi shu haftaning boshidan beri ming dollarga arzonlashdi. Ayni damda uning bir donasi 4500 dollar narxida savdoga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, boshqa kriptovalyutalarning kotirovkalarida ham pasayish kuzatilmoqda. Ular bozorining umumiy kapitalizatsiyasi 40 milliard dollardan oshiqqa tushib ketgan va hozirda 140 milliard dollarga yaqinlashib qolgan. Bu pastlashni Bitcoin Cash xardforki atrofidagi noaniqliklar bilan bog‘lashmoqda. Bozor kasodining yana bir sababi – investorlar o‘zlarining kriptovalyutadagi aktivlarini ommaviy tarzda sotishga o‘tishgan.

eToro tahlilchisi Mati Grinspen fikricha, bitkoin narxi yaqin kelajakda hatto 3000 dollargacha tushishi mumkin.

O‘QING: Terashop.uz – O‘zbekistonda kriptovalyutada savdo qilayotgan ilk internet-do‘kon!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!