Bitkoin bir kunda naq 2 ming dollarga arzonlashdi!

  •   DiMaX
  •  707
  •  26.11.2020 18:37

Bitkoin bir kunda naq 2 ming dollarga arzonlashdi!

Kecha – 25 noyabr kuni bitkoin kursi 2017 yildagi tarixiy rekordga yaqinlashgan – 19 000 AQSh dollarigacha chiqqan edi. Lekin kutilmaganda bugun uning kursi keskin pasayib ketdi va hozirga kelib 16 800 dollar bo‘lib qolgan.

O‘QING: Yong‘in, qarz va qamoq: qismatni qora qilgan kriptovalyuta

Bitkoin kursining bunday qulashi sababi noma’lumligicha qolmoqda. Ehtimol, kriptovalyutaga qiziqish pasaya boshlagandir, investorlar shuning uchun virtual pullarni muntazam tarzda sotuvga chiqarishayotgandir. Ikki yil avval ham bitkoin narxida shunaqa holat kuzatilgan edi.

Bitkoin kursining keyingi kunlardagi o‘zgarishi quyidagi grafikda yaqqol ko‘rsatilgan:

Umuman olganda, 2020 yil mobaynida bitkoin narxi deyarli to‘rt baravarga oshgan – bahorda bittasi 5 ming dollarga baholangan ushbu kriptopul qiymati noyabrda 19 ming dollarlik chegaradan o‘tgan. Bunga koronavirus tufayli butun dunyo karantinga tushib qolgani va iqtisodiy tanazzul ham sababchi, deyishmoqda kuzatuvchilar. Mana, kuzga kelib kasallikning ikkinchi to‘lqini avj olishi bilan kriptovalyuta kursi ham oshyapti.

Shuningdek, PayPal kriptovalyutalar bilan ham savdo qilishni yo‘lga qo‘yayotgani haqidagi xabar ularning kursi oshuviga turtki bergan. PayPal kriptopullarni sotib olish, saqlash va sotishga ruxsat bergan, lekin bu hoircha faqat AQShda ishlaydi, keyingi yildan boshqa mamlakatlarda ham shunday imkoniyat yuzaga keladi.

O‘QING: Toshkentda naq 3 million dollarlik Bitcoin sotgan shaxs qo‘lga olindi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!