Bu smartfondan olsangiz, smart-soat, simsiz quloqchin va g‘ilof ham qo‘shib berishadi! (+video)

  •   DiMaX
  •  2652
  •  11.02.2020 09:00

Bu smartfondan olsangiz, smart-soat, simsiz quloqchin va g‘ilof ham qo‘shib berishadi! (+video)

Samsung kuni kecha «Oskar» tadbirida Galaxy Z Flip «raskladushka»sini namoyish etgan edi. Yana ma’lum bo‘lishicha, kompaniya uning maxsus versiyasini chiqarish bo‘yicha Nyu-Yorkdagi liboslar brendi – Thom Browne bilan shartnoma tuzgan.

O‘QING: Galaxy S20 va iPhone 9 allaqachon sotuvda, sovg‘asiga – Galaxy Buds+ va AirPods!

Smartfonning ushbu versiyasi Samsung Galaxy Z Flip Thom Browne Edition deb nomlanadi va 2500 dollar turadi. Gap shundaki, uning jamlanmasida buklamafonning o‘zidan tashqari, yana Samsung simsiz quloqchini hamda «aqlli» soati, shuningdek himoya g‘ilofi ham bo‘ladi.

Manbalarga ko‘ra, Samsung allaqachon 500 mingdan ortiq Galaxy Z Flip smartfonini ishlab chiqarishga joriy etgan, ammo shu yilning o‘zida undan kamida 2,5 millionta sotishni rejalashtirmoqda.

O‘QING: Galaxy Z Flip hamda Galaxy S20’lar haqida qiziq xabar: Samsung’dan buni hech kim kutmagan edi! (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!