CES 2019: Afsonaviy smartfonsoz endi avtomobillar uchun operatsion tizim taqdim etadi! (+video)

  •   DiMaX
  •  618
  •  29.12.2018 15:10

CES 2019: Afsonaviy smartfonsoz endi avtomobillar uchun operatsion tizim taqdim etadi! (+video)

Kanadaning Blackberry kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatishini, endi servis va dasturiy ta’minotga e’tibor qaratishini bildirgan. BlackBerry brendi ostida jahon bo‘ylab smartfonlar ishlab chiqarish huquqini esa Xitoyning TCL kompaniyasi qo‘lga kiritgan edi.

O‘QING: Endi yangicha versiyasi: BlackBerry Evolve va Evolve X kriptohamyoni bilan chiqadi

BlackBerry kompaniyasi chindan ham dasturiy ta’minot borasida o‘ziga yarasha yutuqlarga erishib kelayotganining bir isbotini namoyish etmoqchi. Ya’ni, 2019 yilning 8–11 yanvar kunlari Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan CES 2019 ko‘rgazmasida u avtomobillar uchun operatsion tizim taqdim qilishni rejalashtirgan.

Mana, buni quyidagi tizer videoroligidan ham ko‘rib olishingiz mumkin:

Xabarlarga ko‘ra, BlackBerry QNX deb ataluvchi ushbu dasturiy platforma haydovchisiz avtomobillar uchun ishlab chiqilgan.

O‘QING: Germaniyada haydovchisiz tramvay ilk sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!