Chrome’dagi barcha parollarni endi alohida faylga saqlash va boshqa menejerga o‘tkazish mumkin!

  •   DiMaX
  •  825
  •  10.03.2018 13:22

Chrome’dagi barcha parollarni endi alohida faylga saqlash va boshqa menejerga o‘tkazish mumkin!

Odatda biror brauzerda turli saytlarga, pochta va boshqa servislarga kirish parollarimizni saqlab qo‘yamiz. Ayrim hollarda ulardan ayrimlari esimizdan ham chiqib ketishi mumkin.

O‘QING: Google Chrome’dagi hoziroq o‘chirib qo‘yish kerak bo‘lgan muhim sozlama

Endi esa, Google Chrome brauzerining so‘nggi talqinlarida foydalanuvchilarga parollar bilan bog‘liq ajoyib imkoniyat mavjud. Ya’ni, undagi barcha parollarni yangi Excel-faylga saqlab olish, ularni bemalol ko‘rish va keyinchalik boshqa biror tegishli ilovaga osongina o‘tkazish mumkin.

Buning uchun brauzeringiz Chrome 64 yoki undan keyingi talqinlarigacha yangilangan bo‘lishi lozim. Undagi o‘zingizning barcha login va parollaringizni CSV-faylga saqlash uchun quyidagilarni amalga oshirasiz:

  1. Chrome’ning manzil qatoriga chrome://flags/#password-export yozuvini tering (yoki shu yerdan nusxalab tashlang) va Enter’ni bosing.
  2. Ochilgan sahifadagi ro‘yxatda birinchi qatorda turgan Password export funksiyasini yoqish uchun, uning o‘ng tomonida Enabled holatini tanlang.

  1. Sahifaning pastki o‘ng burchagida paydo bo‘lgan, ko‘k rangli «PEREZAPUSTIT» tugmachasini bosib brauzerni o‘chirib-yoqing.

O‘QING: Brauzerning parolni saqlash taklifini o‘chirib qo‘yamiz

  1. Chrome qayta ochilgach, uning sozlamalariga (chrome://settings/) kiring va qidiruv maydonchasi orqali parollar sozlamalari – «Nastroyki paroley» (Manage passwords) bo‘limini topib, unga kiring.

  1. Parollari saqlangan saytlarni anglatuvchi «Sayti s soxranyonnimi parolyami» bandining o‘ng tomonidagi uchta nuqta ustiga bosib, so‘ng paydo bo‘lgan «Eksportirovat»ni tanlang.
  2. «Eksport paroley» ustiga bosing va CSV-faylni saqlash kerak bo‘lgan joyni tanlang.

O‘QING: Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari

Yaratilgan «Paroli Chrome.csv» nomli Excel-faylda sizning Chrome brauzeri orqali saqlab qo‘ygan login-parollaringiz ma’lumotlari aks etgan bo‘ladi.Keyinchalik uni istalgan bir parollar menejeriga, masalan, 1Password yoki LastPass’ga bemalol import qilish mumkin bo‘ladi.

Faqat xavfsizlik maqsadida bu faylni begonalarning ko‘zidan asrashingiz, yoki kerakli parollaringizni ko‘rib va parollar menejeriga ko‘chirib bo‘lgach, o‘chirib yuborishingiz lozim.

O‘QING: Akkauntingizni buzib kirishdan saqlash usullari

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.