Clips ilovasiga Disney va Pixar qahramonlari qo‘shildi

  •   DiMaX
  •  818
  •  21.07.2017 10:44

Clips ilovasiga Disney va Pixar qahramonlari qo‘shildi

Apple kompaniyasi iPhone hamda iPad’larda videomontaj qilishga mo‘ljallangan Clips ilovasi uchun yangilanishni chiqardi. Bu xususda kompaniya sayti ma’lumotlarga tayanib Ferra.ru xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, bu apdeytda dasturga o‘nlab chizilgan qahramonlar va otkritkalar joriy etilgan. Ular orasida Disney hamda Pixar multfilmlarining personajlari ham bor.

Qisqacha aytganda, endi iPhone va iPad egalari Clips ilovasi orqali o‘z videolavhalariga Disney hamda Pixar klassik qahramonlarini qo‘shishlari mumkin. Clips 1.1 versiyasida Mikki Maus, Minni Maus, Donald Dak va Deyzi Dak kabilarning, shuningdek, Pixar’ning «O‘yinchoqlar tarixi» va «Boshqotirma» multfilmlari qahramonlarining animatsiyali shakllarini qo‘sha oladilar. Personajlar jamlanmasini Disney tomonidan yaratilgan anmatsiyali otkritkalar yanada boyitgan. Ularni videolarga bezak (zastavka) tarzida qo‘shish imkoni mavjud.

Bulardan tashqari, Clips’da Apple tomonidan yaratilgan o‘nta yangi personaj, Disney yoki Pixar’ga aloqasi bo‘lmagan 12 ta otkritka ham paydo bo‘lgan. Ular orasida jilvalanib turuvchi suv sathidan tortib otiluvchi tutun va jonlantirilgan uch o‘lchamli tasvirlargacha bor.

Clips ilovasi shu yilning aprelida taqdim etilgan va iPhone uchun aprel oyidagi eng yaxshi ilovalar ro‘yxatiga kirgan. Uni iOS tizimli qurilmalar uchun App Store do‘konidan bepul yuklab olish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!