Dasturlashni o‘rganuvchilar uchun onlayn resurslar to‘plami
Siz dasturlashni o‘rganishga kirishdingiz. Swift haqida eshitganmisiz, Node.js haqidachi, Ruby nima? Bular haqida hech narsa bilmaysiz, lekin juda muhim atamalar ekaniga aqlingiz yetyapti, shundaymi?
Ushbu takliflarimiz sizga dasturlashni o‘rganish uchun asqotadigan onlayn resurslardir. Ular turli tillardan dasturlash asoslarini o‘rgatadi.
Jiddiy kirishsangiz hademay Python haqida gaplashadigan bo‘lasiz.
Unda boshladik:
Sololearn
O‘tilgan kursni baholashning reyting tizimi, bu albatta sizni yangi muvaffaqiyatlarga rag‘batlantiradi. Mazkur kursda siz Python, C#, Java, Ruby, Swift va boshqa bir qator tillarda dasturlarni o‘rganasiz.
O‘QING: YoZGI TA’TILDAN UNUMLI FOYDALANING: ZAMONAVIY VA DAROMADLI KASBNI O‘RGANING
The Odin Project
Mazkur resurs sizga zamonaviy veb-texnologiyalarni o‘zlashtirib olishga yordam beradi, so‘ngra mukammal va sifatli loyihalarni yarata olasiz. O‘quv kursiga quyidagi tillar kiradi: Ruby (+ freymvork Ruby on Rails), JavaScript va HTML/CSS. Shuningdek, vido seriyasi ham bor,keyin albatta ishga qabul qilinasiz.
Codecademy
Bu sizga Python, JS, PHP, Ruby, HTML va CSS, Java va SQL kabi tillarda dasturlashning bepul kurslarini taklif etadi. Shunga o‘xshash resursarlar orasida auditoriyasi katta va eng ommaviy sanaladi, Bunga sabab, u har xil kurslardan iborat ekanidir. Masalan, videoma’ruza formatlarida.
Code School
Code School skrinkastlarni o‘rganish va Ruby, JavaScript, iOS-ishlanmalar, HTML/CSS haqida hikoya qiladigan videodarslar uchun foydalaniladi. Kontentlarning katta qismi anchayin tajribali dasturchilar uchun mo‘ljallanganiga qaramay, boshlavchalar uchun dasturlash asoslari haqida bepul kurslar ham mavjud.
O‘QING: IUT bolalar uchun yozgi o‘quv lagerini tashkil qilmoqda
Coursera
Foydalanuvchilarga taniqli universitetlardan to‘liq bepul onlayn kurslarni taklif etadi. Kurslar videoga yozilgan ma’ruzalardan iborat bo‘lib, ulardan keyiinchalik ham foydalansangiz bo‘ladi. Ustunlik taraflari bisyor: Turli mavzudagi ma’ruzani topa olasiz va istagan vaqtda o‘rgana olasiz.
Bento
Bu resurs StackOverflow dastuurchilari tomonidan yaratilgan va tarmoq orqali eng yaxshi yo‘riqnomalarni beradi, masalan, video, interaktiv mashg‘ulotlar va o‘qish uchun materiallar. Bento tekin va materiallarni mantiqan ketma-ketlikda uzatadi.
Treehouse
Interaktiv platforma, HTML, CSS, Java, PHP (WordPress), Objective-C, JavaScript va Ruby tillarida yozilgan saytlarni va veb-ilovalarni o‘rgatadi. Materiallarni namoyish etadi va tushuntiradi,testlari esa o‘rganlaringizni mustahkamlashga yordam beradi.
CareerFoundry
Mazkur kurs soha ekspertlari tomonidan yozilgan frontend- va bekend-ishlanmalar haqidagi materiallarni o‘zida jamlagan. Talabalar har kuni mashg‘ulot o‘tishi mumkin.
Udacity
Udacity Stenford universitetining Computer fanlari kursi hisoblanadi. O‘qitish videodarslar shaklida o‘tiladi va testlari ham bor, yana uyga vazifa ham olasiz.
HTML5Rocks
Buni Google yaratgan. Turli muammolarni yechishda yordam beradigan tekin darslar to‘plami. Videoda ko‘p hollarda, diagrammalar va yo‘riqnomalar, foydali maslahatlar ham bor.
The Code Player
Mazkur resurs o‘ziga xos vazifalarni hal etish jarayonini namoyish qiladigan bepul videolar kolleksiyasi hisoblanadi. Ushbu resursning muhimligi shundaki, foydalanuvchilar kod yozish jarayonini kuzatib tura oladi, ulgurmasa kuzatish tezligini o‘zgartirish mumkin.
O‘QING: Toshkent shahridagi Inha universiteti “Dasturlash soati” aksiyasini o‘tkazadi
Khan Academy
Kodlar yordamida ijod qilishni o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlar uchun juda mos keladi. Ushbu bepul platformada ekspertlar tomonidan turli-tuman mavzuda yaratilgan darslar namoyish qilinadi.
Code Avengers
Bu kurs yaxshi-yu, lekin video yo‘riqnomasi yo‘qligi yomon. JavaScript, HTML va CSS tillarini o‘rgatadi. Mazkur sayt yosh dasturchilar uchun yaxshi maydonga aylangan.
Programmr
Bu haqiqatan ham video darslarsiz dasturlash tilini o‘rganish va biror-bir PO’ ni yuklab oladigan brauzer muhitidir. Umuman, olgan bilimni sinab ko‘rish uchun juda yaxshi joy. Resursda shuningdek turli musobaqalar ham uyushtiriladi.
TryRuby
Ushbu platforma oldingisiga juda o‘xshash, faqat Ruby ma’ruza tilida. Saytning dizayni yoqimli, o‘qish jarayonini esa hamma tushinadi.
HacketyHack
Bu resurs ham Ruby tilini o‘rganishga mo‘ljallangan. Saytda savollar berish, yaratilgan materiallar bilan o‘rtoqlashish mumkin.
Hexlet
Dasturlashning turli sohalari bo‘yicha rus tilidagi resurs. O‘qitish dasturi videoma’ruza, testlar va uy vazifalaridan iborat. Boshlavchi dasturchilar uchun ayni muddao.
O‘QING: Veb-dasturchilar bilan veb-dizaynerlarning farqi nimada?
Codebra
Bu sayt veb-dasturlar bo‘yicha eng ko‘p uqitish kurslariga ega. HTML+CSS+JS standart to‘plamidan tashqari, PHP, Python, jQuery va Bootstrap bo‘yicha ham dasrlar o‘tish mumkin.
freeCodeCamp
Veb-dasturlashtirishni o‘qitadigan eng yirik xorijiy resurslardan biri hisoblanadi. O‘qitish bepul, kurs dasturi esa materialga boy.
Lynda
Linkedin dan o‘rgangan bilimingizni sinaydigan maydon, afsuski, pullik bo‘lib, 5 mingdan ziyod turli kurslarga ega. Ammo 10 kunlik bepul urinib ko‘rish davri bor.