DOOGEE’ning AliExpress’da chegirmadagi uchta inqilobiy smartfoni

  •   DiMaX
  •  3250
  •  04.10.2017 13:00

DOOGEE’ning AliExpress’da chegirmadagi uchta inqilobiy smartfoni

Ushbu kompaniya hamisha o‘z smartfonlaridagi innovatsiyalari va yangiliklari bilan olg‘a intilib kelayotir. Masalan, raqobatchilar diagonali 6 dyuymga teng romsiz ekranlar ishlab chiqarayotgan paytda, DOOGEE MIX modeli 5,5 dyuymlik displeyga ega ilk smartfon bo‘lgan. DOOGEE S60 esa metall korpusga va 21 megapikselli kameraga ega ilk himoyalangan smartfondir.

Bugun mazkur ishlab chiqaruvchining uchta o‘ziga xos qurilmasiga qisqa tavsif bermoqchimiz. Ularning har biri muayyan jihatlari bilan hatto ko‘pchilik taniqli smartfonsozlarning mahsulotlaridan ham ustun keladi.

DOOGEE S60

DOOGEE tashqi ko‘rinishi chiroyli va o‘zgacha dizaynga ega gadjetlar yaratib keladi. DOOGEE S60 modeli esa, chang va suvdan himoyalanganidan tashqari, zarbaga ham chidamli, «erkakcha» smartfondir – u 8 metrgacha balandlikdan tushib ketib ham bemalol ishlayverishi mumkin

Buning ustiga, apparat qismi ham ajoyib – Helio P25 protsessori, 6 gigabayt hajmli tezkor xotira uning raqobatbardoshligini ta’minlaydi. Asosiy kamerasi esa 21 megapikselli  Sony moduliga ega.

DOOGEE BL7000

Mazkur kompaniyaning BL turkumidagi smartfonlari batareyasi katta sig‘imga ega qurilmalar sifatida tanilgan. Telefonini har kuni quvvatlashdan bezor bo‘lganlar uchun ushbu seriyadagi gadjetlar juda qo‘l keladi. Jumladan, DOOGEE BL7000 modeli korpusi yupqa bo‘lishiga qaramasdan, naq 7060 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega!

Uning tashqi ko‘rinishi ham ko‘zni quvnatadi: orqa paneli charm bilan qoplanganligi bu smartfonning zamonaviy biznesmenlarga munosib qiyofa kasb etishini ta’minlagan. Bulardan tashqari, devaysning qo‘shaloq asosiy kamerasi har biri 13 megapikselli Samsung modullariga ega. Selfi uchun ham yana shu – 13 megapikselli Samsung kamerasi o‘rnatilgan.

DOOGEE MIX Lite

Nisbatan ixcham o‘lchamlari evaziga kaftda juda qulay o‘rnashuvchi DOOGEE MIX Lite smartfoniga 5,2 dyuymlik diagonalga ega romsiz displey o‘rnatilgan.  Bu – DOOGEE MIX flagmanining ixcham talqinidir. Ammo bu «kichkina botir»ning tashqi ko‘rinishi va ichki xususiyatlari tahsinga loyiq.

Xullasi kalom, ishlab chiqaruvchining AliExpress internet-do‘konidagi rasmiy sahifasida mana shu uchta innovatsion smartfon 13 oktyabrdan qulay narxlarda sotila boshlaydi. Mazkur fursatdan foydalanib qolish, yaxshi smartfonlardan birini arzongina sotib olish uchun, chegirma orqali savdo boshlangach, mana bu havola orqali maxsus sahifaga o‘tib, buyurtma rasmiylashtirishingiz mumkin. Ungacha esa sizda mazkur modellarning xususiyatlarini internet orqali ko‘rib chiqish, birortasini tanlash va uni yaxshilab o‘rganish imkoniyati mavjud.

ESLATMA: AliExpress – Xitoydagi internet-do‘kon bo‘lib, u orqali buyurtma qilingan tovarlarning O‘zbekistonga yetib kelish muddati 40-50 kunni tashkil etadi. AliExpress va unda buyurtmani rasmiylashtirish haqidagi batafsil ma’lumotlarni mana bu maqolamizdan o‘qib olishingiz mumkin.

Shuningdek, AliExpress’dan tovarlarga biz orqali buyurtma berishingiz ham mumkin, buning uchun uchun +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali bizning menejerimiz bilan bog‘laning. Bunda tovar narxi ustiga xizmat haqimiz ham qo‘shilishini inobatga olishingizni so‘raymiz.

Iltimos, murojaat etganingizda, saytda berilgan ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!