Ehtiyot bo‘ling: Yanvardagi yangilanish Xiaomi smartfonlarini ishdan chiqarmoqda!

  •   DiMaX
  •  3152
  •  26.01.2019 09:20

Ehtiyot bo‘ling: Yanvardagi yangilanish Xiaomi smartfonlarini ishdan chiqarmoqda!

Xiaomi kompaniyasi Mi A2 rusumli mobil qurilmalari uchun har oylik xavfsizlik yangilanishlarini tarqata boshlagan edi. Afsuski, yangi versiya ayrim smartfonlarning ishdan chiqishiga sabab bo‘layotir.

O‘QING: Xiaomi smartfoni ishlatasizmi? Yangilamay turing, jiddiy gap bor!

Internetdagi turli forumlarda Xiaomi Mi A2 egalarining shikoyatlari ko‘payib qolgan. Yozishlaricha, yanvardagi xavfsizlik patchi kelganidan so‘ng smartfonda «bootloop» xatoligi yuzaga kelgan. Bunda qurilma cheksiz tarzda ketma-ket o‘chib-yonaveradi.

To‘g‘ri, barcha Mi A2 smartfonlarida ham shu holat kuzatilgan emas, ammo bunday vaziyatga tushganlar ko‘p. Afsuski, bu muammoning universal yechimi ham topilganicha yo‘q. Ayrimlar smartfon sozlamalarini dastlabki holatga qaytarish yo‘li bilan hal etishmoqda, lekin ba’zilarda bu ham yordam bermayotgan ekan.

Xiaomi ushbu holat yuzasidan biror rasmiy munosabat bildirganicha yo‘q. Kompaniya o‘z xatosini anglab, patch tarqatilishini to‘xtatishini kutishga to‘g‘ri keladi. Biz esa Xiaomi Mi A2 (sotib olish) egalariga o‘z smartfonlarida avtomatik yangilanishlarni o‘chirib turishlarini tavsiya etamiz.

O‘QING: Xiaomi smartfonlarining Android Pie asosidagi MIUI 10’gacha yangilanish jadvali