Ekspertlar: «Ushbu 21 ta ommabop o‘yinni smartfondan tezda o‘chirib qutuling!»
Axborot xavfsizligi sohasidagi taniqli Avast kompaniyasi bir nechta mobil o‘yinning yashirin xavfini aniqladi. Mutaxassislar bu haqda allaqachon Google’ga xabar berishgan va qidiruv giganti ular ustida tekshiruv ishlari olib bormoqda. Hozir ulardan ayrimlari Google Play’dan olib tashlangan va 19 tasi qolgan.
O‘QING: Google Chrome’da jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yamiz
Mutaxassislar ma’lum qilishlaricha, bu o‘yinlarning barida HiddenAds turkumiga mansub troyan mavjud. Bu turdagi ziyonkor kodlar xavfsizdek niqoblanib oladi, lekin ularning maqsadi – jonga teguvchi reklamalarni ko‘p miqdorda, shu jumladan ilovadan tashqarida ham ko‘rsatishdir.
Xabarga ko‘ra, ushbu ilovalar Google Play katalogidan 8 million martadan oshiq yuklab olingan. U yerda foydalanuvchilar yozgan taqrizlarga qargnda, mazkur o‘yinlarni o‘rnatgach, ularning smartfonlari reklamaga to‘lib ketgan.
Reklama ko‘rsatuvchi kodga ega o‘yinlar ro‘yxati esa quyidagicha:
- Shoot Them
- Crush Car
- Rolling Scroll
- Helicopter Attack - New
- Assassin Legend - 2020 New
- Helicopter Shoot
- Rugby Pass
- Flying Skateboard
- Iron it
- Shooting Run
- Plant Monster
- Find Hidden
- Find 5 Differences - 2020 New
- Rotate Shape
- Jump Jump
- Find the Differences - Puzzle Game
- Sway Man
- Desert Against
- Money Destroyer
- Cream Trip - New
- Props Rescue
Demak, agar smartfoningizda mana shu o‘yinlardan birortasi bo‘lsa, uni tezroq o‘chirib, reklamadan qutulganingiz ma’qul.
O‘QING: Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli