Endi Xitoyda ham chiqadi: Tesla Chin mamlakatida 140 million dollarlik yer sotib oldi

  •   Saroy
  •  501
  •  22.10.2018 15:16

Endi Xitoyda ham chiqadi: Tesla Chin mamlakatida  140 million dollarlik yer sotib oldi

Elektrokarlar ishlab chiqaruvchi  Tesla kompaniyasi  yangi zavod qurish uchun Xitoydan yer sotib oldi. Shanxay sanoat zonasida qurilishi mo‘ljallanayotgan Gigafactory 3 nomli yangi zavod kompaniya uchun 140 million dollarga tushadigan bo‘ldi.

Shartlashuv narxini Tesla kompaniyasining o‘zi oshkor qilgani yo‘q. Yer resurslari mahalliy boshqarmasi hujjatida qayd etilishicha, maydoni 865 ming kvadrat metr keladigan uchastkadan foydalanish uchun  kompaniya  973 yuan (140,5  million dollar) to‘lagan. Shartnoma 50 yilga imzolangan, boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki Xitoyda yer davlatga qarashli hisoblanadi.

O‘QING:Ilon Mask Tesla aksiyasini o‘zi sotib oladigan bo‘ldi

Gigafactory 3 zavodi ikki yildan keyin ishga tushadi. Kompaniyaning rejasi bo‘yicha, qisqa vaqt mobaynida zavod mashina ishlab chiqarishni yiliga 250 000 donaga yetkazadi, keyin esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki barobarga oshiriladi.

Tesla  oxirga paytda Xitoyda zavod qurishni tezlashtirdi, chunki AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushidan keyin import mahulotlarga solinadigan poshlina 40 foizga oshirilgan. Boshqa olib kiradigan mashinalari uchun to‘lovlar hajmi 15 foizga ortgan va hozirda kompaniya noqulay ahvolda qolgan.

Xitoy hozirda dunyodagi elektromobillar ishlab chiqaruvchi eng yirik davlatga aylangan. Mamlakat ichida qurilgan fabrika xarajatlarni kamaytirishga hamda xitoylik xaridorlar uchun narxlarning tushishida qo‘l keladi, deyiladi xabarda.

O‘QING:Tesla eng arzon Model 3 elektrokarini sotuvga chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!