Eng arzon Nokia 1 hamda ilk romsiz Nokia 7+ suratlari va jihatlari

  •   DiMaX
  •  2493
  •  15.02.2018 12:08

Eng arzon Nokia 1 hamda ilk romsiz Nokia 7+ suratlari va jihatlari

Google kompaniyasi maxsus Android One dasturi doirasida, turli smartfonsozlar bilan hamkorlikda telefonlar taqdim etib kelmoqda. Bu qurilmalar «toza» Android versiyasida ishlaydi va yangilanishlarni birinchilar qatorida oladi. Jumladan, Xiaomi korporatsiyasining Google hamkorligidagi 2017 yilgi Mi A1 modeli dunyo bozoridagi eng xaridorgir smartfonlardan bo‘lgan.

O‘QING: Mi A2: Xiaomi'dan yangi bestseller -- narxi va jihatlari!

Android One dasturi doirasida Google’ning yangi hamkorlaridan biri Nokia brendi bo‘ladi. Mashhur insayder Evan Blass ushbu hamkorlik natijasida taqdim etiladigan ikkita smartfonning suratlari va xususiyatlarini oshkor etdi.

Nokia 1

Mazkur qurilma Nokia smartfonlari orasida eng arzoni bo‘ladi. Bu devays kichikroq, HD formatli ekranga hamda metall romli polikarbonat korpusga ega. Nokia 1 modeli Snapdragon 212 protsessori, 1 GB tezkor va 8 GB doimiy xotiraga ega.

Nokia 1 gadjeti hamyonbop smartfonlarga moslangan Android Go operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda. Uning narxi esa 95 AQSh dollari atrofida bo‘ladi, deyiladi xabarda.

Nokia 7 Plus

HMD Global taqdim etayotgan ushbu birinchi romsiz smartfon Nokia 7 modelining kattalashtirilgan va xususiyatlari kuchaytirilgan versiyasi bo‘ladi. Nokia 7 Plus (yoki Nokia 7+) tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘lgan, diagonali 6 dyuymlik ekranga ega. Displeyining tasvir aniqligi 2160×1080 pikselni tashkil etadi (Full HD+ formati). Korpusi metall romli bo‘lib, orqa paneli shishadan ishlangan.

Nokia 7 Plus modelining «elektron yuragi» – Snadragon 660 protsessori bo‘ladi. Qurilmaning tezkor xotirasi 4 GB, doimiy xotirasi esa 64 GB hajmga ega. Shuningdek, uning Carl Zeiss optikasiga ega qo‘shaloq kamerasi tasvirni optik barqarorlashtirish funksiyasiga hamda ikki karrali zumga ega. Nokia 7+ smartfoni Android 8 Oreo tizim talqinida ishlaydigan bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Nokia 7 Plus: o‘rta narxli, kuchli smartfon!

Aftidan, HMD Global kompaniyasi Nokia 1 hamda 7 Plus smartfonlarini 25 fevralda – Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasi doirasida namoyish etadi. Shuningdek, mazkur tadbirda kompaniyaning asosiy flagmani – Nokia 9 ham taqdim etilishi kutilayotir.

O‘QING: Orziqib kutilayotgan Nokia 9’ni «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!