Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

  •   DiMaX
  •  4256
  •  09.01.2018 16:10

Eng arzon smartfonlar: ularga qanday protsessorlar qo‘yiladi?

Garchi deyarli har oyda turli smartfonsozlar tomonidan flagman telefonlar taqdim etilib kelayotgan esa-da, texnik va dasturiy ta’minoti jihatidan yuqori bo‘lmagan, narxi hamyonbop smartfonlarning ham bozori chaqqon. Xususan, rivojlanayotgan mamlakatlar bozorlarida arzon smartfonlar eng katta talab bilan sotiladi.

O‘QING: «Xitoy smartfoni»ni xarid qilishda e’tibor qilish zarur 8 jihat 

Lekin hamyonbop bo‘lgani bilan, smartfonlarning o‘zaro farqlari ham ko‘p. Telefonlarning xususiyatlarida eng asosiy o‘rinni protsessori tutadi; uni qurilmaning «yuragi» deb ham tavsiflashadi. Demak, har qanday smartfon xaridida e’tibor berish kerak bo‘lgan eng muhim jihatlardan biri – uning protsessoridir.

Bugun biz eng arzon (hamyonbop ham emas!) smartfonlarda qo‘llanadigan protsessorlar haqida qisqacha ma’lumot bermoqchimiz. Ularning barcha xususiyatlari, arxitekturasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tishning iloji ham yo‘q, zarurati ham. Shunchaki, quyidagi jadvalda ularning nomlari (modellari) keltirilgan, ular yaxshiroqdan yomonroqqa qarab terilgan. Shuni eslab qolsangiz bas – o‘ta arzon smartfon tanlayotib, shu ro‘yxatda imkon qadar yuqoriroqda turgan protsessorga ega modelni olaverasiz.

Protsessorlar haqida qisqa ma’lumot

Modifikatsiyalar (modellar)

Tezkor, tejamkor, zamonaviy, to‘rt yadroli.

Ikkilanmasdan olish kerak!

MediaTek MT6735, MT6732, MT6732M;

Qualcomm Snapdragon 410

To‘rt yadroli, lekin nisbatan eski modellar. Navigatsiyasi sal pastroq, ko‘p hollarda 4G’ni qo‘llab-quvvatlamaydi, ammo tezkor va arzon.

Bemalol olsa bo‘ladi!

MediaTek MT6582, MT6580, MT6582M, MT8321, MT8382;

Qualcomm Snapdragon 400 MSM8228, MSM8626, MSM8926

O‘yinlarni yaxshi ko‘tara olmaydi, GPS ushlashi ham pastroq.

Narxiga qarab olaverasiz.

MediaTek MT6589, MT6589T;

Spreadtrum SC7731G, SC9830

To‘rtta kuchsiz yadroga ega, tezligi o‘rtacha.

Amallasa bo‘ladi.

Qualcomm Snapdragon 200/210 MSM8909, MSM8212;

MediaTek MT6735P

Ikki yadroli, oddiy telefon sifatida ishlatishgagina yaraydi.

Faqat gaplashish uchun bo‘lsa, yarayveradi.

MediaTek MT6571, MT6572, MT6572AW, MT6572A;

Qualcomm Snapdragon 200 MSM8210

Yadrosi sonidan qat’i nazar, o‘ta sekin ishlaydigan eski protsessorlar.

Umuman olishga arzimaydi!

Broadcom BCM21553;

MediaTek MT6515, MT6515, MT6573, MT6575;

Qualcomm Snapdragon S1 MSM7227, S2 MSM8255, MSM8255T, S1 MSM7227, Snapdragon S4 MSM8225, S4 Play MSM8225Q;

Spreadtrum SC7715,

Demak, umumlashtirib aytadigan bo‘lsak, yuqoridagi jadvalning ilk uchta toifasiga mansub protsessorlardan biriga ega smartfonni ishlatsa bo‘ladi. Qolganlarini esa xarid qilishni maslahat bermaymiz.

O‘QING: Xitoy telefonlarida ko‘p uchraydigan 4 muammo va ulardan qutulish chorasi

Ko‘p hollarda onlayn savdo platformalarida shu kabi past xususiyatlarga ega smartfonni sotuvga qo‘yganda, uning protsessori haqida aniq va to‘liq ma’lumot berishmaydi. Deylik, «to‘rt yadroli, 1,0 GGs», deb yozib qo‘yishadi, xolos. Bu xususiyat esa MediaTek (MT6735P) kabi chiplarga to‘g‘ri keladi; bunaqa protsessorda ishlaydigan smartfon hatto biror ilova o‘rnatilmagan holda ham og‘ir ishlaydi.

Agarda marketologlar smartfonga qanchalik eski modeldagi protsessor qo‘yilganini yashirish uchun, uni «to‘rt yadroli protsessor, 1,3 GGs» deya ta’riflashsa, u holda gap MediaTek MT6582/6580 haqida ketayotgan bo‘ladi; bunday smartfonni olsa bo‘laveradi.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!