Eng kuchli android-chipga ega barcha flagmanlar va ularning narxlari

Eng kuchli android-chipga ega barcha flagmanlar va ularning narxlari

Snapdragon 835 protsessori – FinFET 10-nm texnologiyasidan foydalanilgan holda ishlab chiqilgan ilk platformadir: hajmi avvalgilaridan 35 foizga kichik chip o‘tgan yilning eng qimmat smartfonlariga o‘rnatilgan Snapdragon 820/821 bilan taqqoslaganda 25 foizga kamroq energiya sarflaydi.

Snapdragon 835 chipining yana bir e’tiborli jihati, u virtual va qo‘shimcha reallik displeylari, IP kameralar, planshetlar, mobil kompyuterlar va boshqa Android hamda Windows 10 dasturiy ta’minotlarida ishlaydigan iste’mol qurilmalarida qo‘llanilishi mumkin.

Snapdragon 835 protsessorining asosiy tarkibi gigabitli LTE X16 modemi, Adreno 540 grafik protsessori va Qualcomm Spectra 180 tasvirlarni ko‘rsatish protsessoridan iboratdir.

Snapdragon 835ning texnologik afzalliklari quyidagilardan iborat:

Snapdragon 835 avvalgisidan 25 foiz kamroq energiya sarflaydi.

Unga Qualcomm Quick Charge 4 texnologiyasini o‘rnatish mumkin. Bu texnologiya Quick Charge 3.0 ga nisbatan 20 foizga tezroq va 30 foizga samaraliroq quvvatlantiradi.

Yangi avlod virtual reallik qurilmalariga to‘liq moslasha oladi, Google kompaniyasining Daydream platformasi bilan uyg‘unlikda ishlashi mumkin.

Video va fotosuratlar uchun 14 bitli (dual 14-bit ISPs) Qualcomm Spectra 180 kamera protsessori qo‘llanilgan, u 32 megapikselli yoki ikkita 16 megapiksekli kameraga ega bo‘lish imkonini beradi.

Snapdragon 835 gigabitli X16 LTE modemi va 2x2 802.11ac Wave 2 hamda 802.11ad multi-gigabitli Wi-Fi bilan jihozlanadi.

Hozircha quyidagi 16 ta flagman mazkur chipga ega bo‘lgan.

1. Samsung Galaxy S8 and S8 Plus
Narxi: $750 va $850 dollar.

2. Samsung Galaxy Note 8
Narxi: $929 dollardan boshlab.

3. Google Pixel 2 & Pixel 2 XL
Narxi: $649 va $849 dollardan boshlab.

4. Xiaomi Mi 6
Narxi: $400 dollardan boshlab.

5. Sony Xperia XZ Premium
Narxi: $599 dollardan boshlab.

6. HTC U11
Narxi: $649 dollardan boshlab.

7. OnePlus 5
Narxi: $479 dollardan boshlab.

8. LG V30
Narxi: $699 dollardan boshlab.

9. Essential Phone (PH-1)
Narxi: $499 dollardan boshlab.

10. ZTE Nubia Z17
Narxi: $410 dollardan boshlab.

11. Nokia 8
Narxi: $710 dollardan boshlab.

12. Sharp Aquos R
Narxi: $700 dollardan boshlab.

13. ASUS ZenFone 4 Pro
Narxi: $599 dollardan boshlab.

14. Motorola Moto Z2 Force
Narxi: $720 dollardan boshlab.

15. Sony Xperia XZ1 & XZ1 Compact
Narxi: $599 dollardan boshlab.

16. Xiaomi Mi Mix 2
Narxi: $550 dollardan boshlab.